AA
Аyolning sarishtasi –
Ro‘zg‘orning farishtasi
O‘zbek xalq maqoli
Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undanda ko‘proq ertak o‘qib bering.
Albert Eynshteyn
Aytilgan so‘z otilgan o‘q, deydilar. Otilgan o‘qni qaytib miltiqqa joylab bo‘lmaydi. Aytgan so‘zimizning orqasidan quvib tutib kelolmaymiz. Shuning uchun ham har bir so‘zimiz, har bir satrimiz uchun mas’uldirmiz.
Said Ahmad
Aql iroda yo‘lini yoritadi, iroda esa faoliyatni idora qiladi.
Y.Komenskiy
Agar bilmasang, biladiganga quloq sol.
Turkman xalq maqoli
Aftidan, barcha tug‘ma ehtiroslarimiz ichida, ayniqsa g‘ururimizni yengishimiz qiyin bo‘lsa kerak; uni qancha berkitma, u bilan qancha olishma, bo‘g‘ma, chala o‘lik qilma — bari bir u yashayveradi, vaqti-vaqti bilan haddan oshib, o‘zini ko‘rsatib turadi.
B.Franklin
Alishar bo‘lsang, chiningni ayt,
Qovushar bo‘lsang, siringni ayt.
O‘zbek xalq maqoli
Asli qora oqarmas,
Asli buzuq tuzalmas.
O‘zbek xalq maqoli
Asl parchaning bahosi bo‘lmas,
Ota-onaning — qarisi.
O‘zbek xalq maqoli
Ajinlar faqat avvalgi tabassum o‘rinlarini ko‘rsatib tursin.
Mark Tven
BB
Bola ko‘rganini qilar,
Ota — bilganini.
O‘zbek xalq maqoli
Bola — aziz, odobi undan aziz.
O‘zbek xalq maqoli
Bilim — davlatdan qimmat.
O‘zbek xalq maqoli
Bilimliga dunyo yorug‘,
Bilimsizga — qorong‘u.
O‘zbek xalq maqoli
Bilim — daraxt, ildizlari — halovat, mevalari — xotirjamlik.
Fors xalq maqoli
Ba’zida telbadan aqlli, donodan telbalar dunyoga keladi.
Qirg‘iz xalq maqoli
Boshingga qilich kelsa ham,
To‘g‘ri so‘zla.
O‘zbek xalq maqoli
Biz o‘zimizda boodoblik tuyg‘usini rivojlantirmog‘imiz kerak, aks holda, kishilar hurmatini qozonib olgach, uni tezda boy berib qo‘yishimiz ham mumkin. Bu saboq kishiga nihoyatda qimmatga tushadi va afsuski, o‘z avlodini ham bu og‘ir qarzdan qutqarolmaydi.
Gyote
Beodoblik — johillik urug‘i.
S.Vatler
Boshqalarga ta’na qilgandek o‘zingga ta’na qil, o‘zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
Xitoy xalq maqoli
ChCh
Chehra — qalb ko‘zgusidir.
M.Gorkiy
DD
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
O‘zbek xalq maqoli
Dimog‘dorga bir gap oz,
Ikki gap ko‘p.
O‘zbek xalq maqoli
Daladan kelgan o‘g‘rini tutish oson,
Uydagi o‘g‘rini tutish qiyin.
O‘zbek xalq maqoli
Davlatingni sinasang, kunjut ek,
Obro‘yingni sinasang, ko‘makka ayt.
O‘zbek xalq maqoli
Dam — g‘animat, diydor — g‘animat.
O‘zbek xalq maqoli
Dardlining dardini dardsiz na bilar.
O‘zbek xalq maqoli
Daraxt qanchalik yuksak bo‘lsa-da, baribir yaproqlari yerga to‘kiladi.
Xitoy xalq maqoli
FF
Faqat milliy, xalqona ta’lim-tarbiya bilan ma’naviyat, ichki madaniyat payvand qilinsagina, odamlarni har qanday pastkashlikdan, tubanlikdan asrab qolish mumkin.
Chingiz Aytmatov
Faqat o‘zing uchun mehnat qilsang, o‘z qorni g‘amida o‘tlagan hayvonlardan biri bo‘lasan, insoniyat ravnaqi uchun mehnat qilsang, Allohning sevimli bandalaridan biri bo‘lasan.
Abay
Foydasiz so‘zni gapirma, foydalidan yuz o‘girma.
Arab xalq maqoli
Farovonlik do‘stlikni paydo qiladi, qiyinchilik uni sinaydi.
Ingliz maqoli
G'G'
G‘azab qo‘ziganda gapirish ham, nimadir qilish ham kerak emas.
Pifagor
G‘azab irodasi kuchli odamga ro‘para kelolmaganidek, irodasi kuchsiz odamga ham ro‘para kelolmaydi.
Abu Ali ibn Sino
HH
Har kim o‘z uyida podsho.
O‘zbek xalq maqoli
Hayotda eng asosiysi mehnatdir. Hamma kasofatlardan, hamma qiyinchiliklardan faqat bir yo‘l — mehnat bilan qutilish mumkin.
E.Xeminguey
Haddan oshgan g‘azab qo‘rquv tug‘dirur, me’yorsiz erkalash olomon ko‘z o‘ngida obro‘yingni to‘kur. Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada mo‘min bo‘lma.
Sa’diy Sheroziy
Hayot o‘z qadr-qimmatini yo‘qota boshlagani sayin biz u haqda ko‘proq o‘ylay boshlaymiz; keksalar yoshlarga qaraganda ortiqroq kuyib-pishadilar.
J.J. Russo
II
Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar.
Rus xalq maqoli
Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo‘riqlab turuvchi posbondir; u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
Balzak
Inson boshida uchta kulfat bor: o‘lim, qarilik va yomon farzandlar. Qarilik va o‘limga hech kim o‘z eshigini yopolmaydi, biroq yomon farzandlardan uyni farzandlarning o‘zlari asrashi mumkin.
A. Suxomlinskiy
Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham.
N. Tolstoy
Insonparvar kishining yurish-turishidan ko‘rinib turuvchi axloqiy odob mavjudki, bunday odob tajang odamda bo‘lmaydi.
Didro
Inson — odobi bilan,
Osmon — oftobi bilan.
O‘zbek xalq maqoli
Irodasiz kimsalar qo‘rqoqlardir, modomiki qo‘rqoq ekan — demak, u ojiz.
I.P. Pavlov
Iroda faqat arzimas narsalarga, faqat qandaydir ma’nosiz narsalarga osilib oladigan bo‘lsa, u qaysarlikka aylanadi. Qaysarlik xarakter mohiyatiga emas, faqat uning tashqi shakliga egadir. Qaysarda — ya’ni xarakterga parodiyada — inson shaxsi nafrat tug‘diradi, qaysarlik kishining boshqalar bilan munosabatiga to‘siqlik qiladi.
G.Gegel
Iroda, matonat yo‘q joyda sevgi-muhabbat to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Gohida muhabbat menga qandaydir kompyuter qurilmasiga o‘xshab ko‘rinadi. Agar ko‘zga ko‘rinmas birorta murvat ishdan chiqsa – bas, butun boshli murakkab buyum sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi.
Chingiz Aytmatov
Iroda tarang tortilgan yerda chumoli ham sherni yengadi.
Fors xalq maqoli
JJ
Jizzakilik va g‘azab halokatga eltadi, tabassum va haqiqat hayot bag‘ishlaydi. Tilla qilichdan yog‘och hassa afzalroq.
Fin maqoli
Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana
Ingliz maqoli
Davlatingni sinasang, kunjut ek,
Obro‘yingni sinasang, ko‘makka ayt.
O‘zbek xalq maqoli
Dam — g‘animat, diydor — g‘animat.
O‘zbek xalq maqoli
Dardlining dardini dardsiz na bilar.
O‘zbek xalq maqoli
Daraxt qanchalik yuksak bo‘lsa-da, baribir yaproqlari yerga to‘kiladi.
Xitoy xalq maqoli
KK
Ko‘p narsani bilsang qarib qolasan, deyishadi, yo‘q, ko‘p narsaga aqli yetgan odam qarib ulgurmaydi.
Xurshid Do‘stmuhammad
Kimki yaxshilik qilaman deb haddan tashqari uzoq muhokama yuritsa, yaxshilik qilishga vaqti qolmaydi.
Tagor
Kimki o‘zining nazarida o‘zi xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o‘zining nazarida o‘zi ulug‘ ko‘rinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi.
Abu Muzohim Sheroziy
Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir.
Abu Ali ibn Sino
Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.
Alisher Navoiy
Kimdaki bir yaxshi xislat ko‘rsang undan ajramaginki, albatta, uning barokotidan senga ham naf yetadi.
Hamdun Qassor
Keksalikning o‘ziga xos ko‘rki bor, bu ko‘rkdan jo‘shqinlik va ehtiros emas, balki so‘niqlik va taskin ufurib turadi.
A.I.Gersen
Keksaning yoshini so‘rama, ishini so‘ra.
O‘zbek xalq maqoli
Kichikdan — xato,
Kattadan — ato.
O‘zbek xalq maqoli
MM
Ming yil o‘qisamu, mendan “nimani bilding”, deb so‘rasalar, “haddimni bildim” deyman.
Jaloliddin Rumiy
Mehnat baxt padaridir.
B.Franklin
Mehnatsiz ulug‘likka intilgan odam qashshoq bo‘ladi.
Fors xalq maqoli
Mag‘rurning ko‘rinishi xunuk.
Аbu Iso at-Termiziy
Mayda odamlarda g‘urur katta bo‘ladi.
Volter
Ma’rifatning chegarasi — nafs va uning istak-xohishidan xoli bo‘lishdir.
Tohir Maqdisiy
NN
Nish unmas biyobon, sho‘rxok tuproq ham
Gulzorga aylanur sabr qilsa odam.
Gulxaniy
Nuroniy mo‘ysafid bo‘la olish buyuk san’atlardan biridir, insoniyat o‘zligini donishmand qariya qiyofasida butun borligi bilan namoyon etsa ajab emas, uning qalbi hammaga ochiq, u keyingi avlodni muborakbod etadi, unga o‘z tajribasini uzatadi.
A.V.Lunacharskiy
Nodon bosh bo‘lmas, ko‘pik osh bo‘lmas,
Qarilik qaytib, qayta yosh bo‘lmas.
O‘zbek xalq maqoli
OO
Oilani buzishga mo‘ljallangan har qanday ijtimoiy nazariyalar yaroqsiz, shu bilan birga nomaqbuldir. Oila — jamiyatning dur-u gavhari.
Gyugo
Oila inson hayotiga to‘kislik bag‘ishlaydi, oila baxt keltiradi, lekin har bir oila, ayniqsa jamiyatdagi oila, eng avvalo, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qutlug‘ ishdir.
A. S. Makarenko
Odam eng ko‘p sevgilisini, eng yaxshi shaklda oilasini, eng uzun muddat onasini sevadi.
Irland xalq maqoli
Oila mo‘jazgina bir jamiyatchadir, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog‘liq.
F.Adler
Ota-onaga nisbatan hurmat va muhabbat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg‘udir.
G. Belinskiy
Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi; birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli.
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy
Ota-ona qalbi, bu eng olijanob hakam, eng yaxshi do‘st, bu alangasi intilishlarimizning muqaddas majmuasini isitadigan muhabbat quyoshi!
Marks
Ota-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
Sitseron
Otasi siylamaganni bolasi siylamas.
O‘zbek xalq maqoli
Onalik uyning ori bor,
Otalik uyning — zari.
O‘zbek xalq maqoli
O'O'
O‘zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtama.
Firdavsiy
O‘ziga xoslik va o‘z qadrini bilish faqat mehnat va kurash bilan qo‘lga kiritiladi.
F.M.Dostoyevskiy
O‘ziga o‘zi mahliyo odamga teng kelish qiyin.
Sitseron
O‘z-o‘ziga mahliyolik va dimog‘dorlik o‘z qadrini bilish tuyg‘usi emas.
F.M.Dostoyevskiy
O‘z-o‘zini hurmat qilmasdan turib, axloqiy poklik va shaxsning ma’naviy boyligi kamol topmaydi. O‘zini izzatlash, or-nomus, g‘urur, o‘z qadr-qimmati
ni bilish tuyg‘usi — tuyg‘ularni yanada nafis qilib charxlaydigan sayqaltoshdir.
V.A. Suxomlinskiy
O‘spirinlik yillari beqiyosdir. Keksalik unga vaqt tumanlari orasidan boqishni xush ko‘radi. Mo‘ysafid odam shom pallasida tong shafag’ini orzu qiladi.
J.Bayron
Qo‘pollik ham bukrilik kabi mayiblikdir.
Gorkiy
Qadr bilmas qarindoshdan
Yaqindagi yot yaxshi.
O‘zbek xalq maqoli
Qariganda ko‘zlar yuzdan bosh orqasiga o‘tib qoladi: nuqul orqaga qaraysan, oldingda hech narsani ko‘rmaysan, ya’ni umrlar bilan emas, balki xotiralar bilan yashay boshlaysan.
N.O. Klyuchenskiy
SS
Siz ota-onangiz bilan qanday muomalada bo‘lsangiz, bolalaringiz ham siz bilan shunday muomala qilishini yodda tuting.
Fales
Sabr — yengillik kaliti.
Arab xalq maqoli
Savol osmon haqida — javob arqon haqida.
Fors xalq maqoli
ShSh
Shoh-gadoning farqi yo‘q,
Inson ulug‘, narxi yo‘q.
O‘zbek xalq maqoli
Shunday odamlar borki, ular umidsizlangan yoki asabiylashgan holda, o‘z ahvollaridan zavqlanadilar, hatto faxrlanadilar. Bu seni pastga olib ketayotgan ot jilovini qo‘yib yuborib, yana uni qamchilashing bilan baravardir.
L.N.Tolstoy
Shaxsiyatparastlik o‘z-o‘zini nobud etishdir. Shaxsiyatparast odam tikkaygan mevasiz daraxtday qurib boradi, biroq izzat-nafs mukammallik sari faol intilishda qudratli kuch manbaidir.
I.S.Turgenev
TT
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
Jaloliddin Rumiy
Tog‘-u toshni sel yemiradi, insonni — hasad.
Qirg‘iz xalq maqoli
To‘q tilanchi – odamning shaytoni,
Ilmsiz so‘fi – mo‘ltoni.
Abay
To‘xtovsiz gapirib, birovga quloq solmaslik mag‘rurlik belgisi.
Demokrit
UU
Uying tor bo‘lsa,
Dunyoning kengligi bilinmas.
O‘zbek xalq maqoli
VV
Va’daga vafo — mardning ishi,
Va’dasiz — subutsiz kishi.
O‘zbek xalq maqoli
XX
Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatliligidan nishona.
Balzak
YY
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Abu Ali ibn Sino
Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan (juvonmarg bo‘lasan).
Mahmud az-Zamahshariy
Yolg‘on gapirish bilan o‘z vaqtini o‘tkazuvchi odam, bu qilig‘i yomon tuyulish o‘rniga, kishilarni aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg‘onchi o‘z gapiga go‘llik bilan quloq soluvchini topsa, ularga yolg‘onni chinga o‘tkazsa, murodiga yetgan bo‘ladi. Yolg‘onchi — haq qoshida gunohkor; xalq oldida sharmanda. Bunday nahsning beor yuzi yomonlikka o‘girilgan bo‘ladi; bunday nahsga botgan odam qutlug‘ uydan nari bo‘lg‘ay.
Alisher Navoiy
Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Yolg‘on so‘zlashni tajriba qilmang va odatlanmang.
Imom G‘azzoliy
Yolg‘onchining yolg‘onchiligi — uning eng yengil gunohidir.
Asqad Muxtor
Yolg‘onni bu qadar fosh etishimizning boisi shundaki, eng pastkash illatlar ichida ayniqsa yolg‘onni berkitish ham va unga bo‘yin egish ham oson.
F. Volter
Yolg‘on aytgan kishining
Xatari bor ishining.
O‘zbek xalq maqoli
Yolg‘on yetmish yil yerda yotsa ham,
Yolini chiqar.
O‘zbek xalq maqoli
Yolg‘on so‘z — qalb dushmani.
Qirg‘iz xalq maqoli
ZZ
Zar qadrini zargar bilar,
Dur qadrini — savdogar.
O‘zbek xalq maqoli