Koryo-saram nomi bilan tanilgan O'zbekistondagi koreys jamoasi noyob tarixga va madaniy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekistondagi koreyslar soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 175 mingga yaqin. O'zbekistondagi koreys jamoasi asosan shaharlarda yashaydilar. Ular Toshkent, Fargʻona va Samarqand kabi viloyatlarda joylashgan boʻlib, jamoaning katta qismi Toshkentda istiqomat qiladi.
O‘zbekistondagi koreys oilalari
O‘zbekistondagi koreys diasporasining ularning tarixi asosan XX asrning boshlariga borib taqaladi. Koreyslar o‘zlarining milliy qadriyatlari, an’anaviy urf-odatlari va mehnatsevarligi bilan O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Koreys oilalari o‘zining alohida madaniy xususiyatlari bilan ajralib turadi, ammo zamonaviy hayot talablari ta‘sirida ular ham yangi yondashuvlarni qabul qilmoqda.
가족은 나무의 뿌리와 같다. Oila bu - daraxt ildizi kabidir.
Koreys xalq maqoli
O'zbekistonda, ayniqsa, Toshkent shahrida koreys madaniyati markazlarining a'zolari koreys madaniyati, tili va urf-odatlarini ken miqyosda nishonlab keladilar. Ushbu markazlar jamiyatning hamjihatligi va madaniyatni muhofaza qilishda muhim rol o'ynaydi.
O'zbekistondagi koreys oilalari an'anaviy Chuseok (Koreya minnatdorchilik kuni) va Seollal (Oy Yangi yili) singari koreys bayramlarini nishonlashadi. Bu bayramlar ko'pincha madaniy uyushmalar tomonidan tashkil etiladi.

(Surat muallifi - Victor Ahn)
Koreys va o‘zbek oilalari o‘rtasida bir qator o‘xshashliklar mavjud, chunki har ikkala millat ham oilani jamiyatning asosiy birligi sifatida qabul qiladi. Asosiy o‘xshashliklar quyidagicha:
Oilaga hurmat: Har ikkala millatda katta avlod vakillariga chuqur hurmat saqlanib qolgan.
Mehmondo‘stlik: Koreys va o‘zbek oilalari uchun mehmon kutish madaniyati juda muhimdir. Mehmonlarga eng yaxshi taomlar tortilishi odatiy hol.
Oilaviy bayramlar va marosimlar: Navro‘z va Chuseok bayramlari oila birligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, har ikki millatda ham oilaviy marosimlarga alohida e'tibor qaratiladi.
Bolalarga ilm olish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va katta avlod vakillarini hurmat qilish har ikkala millatda muhim qadriyatdir.
Koreys oilalari madaniyati turli marosimlar va urf-odatlar bilan boy bo‘lib, ular oila jipsligini saqlash va milliy qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi:
Nikoh marosimlari: Koreys nikoh marosimlari an’anaviy va zamonaviy elementlarni o‘z ichiga oladi. To‘yda milliy kiyimlar kiyilib, odatga ko‘ra ota-onalarga hurmat ifodalanadi. Zamonaviy nikoh marosimlari esa qisqaroq bo‘lib, faqat yaqin qarindoshlar ishtirokida o‘tkaziladi.
Birinchi tug‘ilgan kun – "Dol" – koreys oilalarida katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu marosimda chaqaloqqa turli buyumlar sovg'a qilinadi, ular bola kelajagini belgilash ramzi sifatida qabul qilinadi.
Bayramlar: Koreys oilalarida Chuseok va Seollal alohida ahamiyatga ega. Bu bayramlarda oila bir joyga yig‘ilib, o‘zaro hurmat va birdamlikni mustahkamlaydi.
Qadimiy an’anaga ko‘ra, koreys oilalari yilda bir marta o‘z qarindoshlarining qabrlarini ziyorat qilib, ular xotirasini yodga olishadi.

O‘zbekistondagi koreys oilalari o‘zining boy madaniy merosi va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan qadriyatlari bilan ajralib turadi. Ularning urf-odatlari va qadriyatlari nafaqat koreys milliy o‘ziga xosligini saqlab qolishda, balki mahalliy jamiyatga moslashishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Koreys va o‘zbek oilalari o‘rtasidagi o‘xshashliklar esa ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy va madaniy yaqinlikni tasdiqlaydi.