“Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” veb-portali – oilaviy qadriyatlarni tizimlashtirish hamda oilalarda mavjud muammoli vaziyatlar (ziddiyatlar, nizolar va boshqalar) ning oldini olishda mavjud ma’naviy-informatsion ehtiyojga mos bo‘lgan elektron resurslarni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan elektron platforma, veb-sayt.
Biz kimmiz?
Veb-portal haqida
Mazkur veb-sayt O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yilda amalga oshirilgan JHBL-7-son - “Oilalarda barqaror ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiluvchi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” veb-portalini yaratish” mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Oilaviy qadriyatlar azaldan jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilalarning ma’naviy asosini tashkil etgan. Oilaviy qadriyatlarning mustahkam bo‘lishi nafaqat bir oilaning, balki u orqali butun jamiyatning ma’naviy muhiti sog‘lom bo‘lishiga xizmat qilgan.
Oiladagi ma’naviy muhit jamiyatning ma’naviy barqarorligiga bevosita ta’sir etadi, chunki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa – vatan tinch bo‘ladi”.
Oilaviy qadriyatlar nima?
Oilaviy qadriyatlar – bu jamiyatning ma’naviy va axloqiy asoslarini shakllantiruvchi, oila institutining barqarorligini ta’minlovchi ijtimoiy qadriyatlarning bir ko‘rinishi, normativ tamoyillar va me’yorlar majmui hisoblanadi.
Oilaviy qadriyatlar katalogi
Oilaviy qadriyatlar katalogi – bu jamiyatdagi turli oilalarning qadriyatlarini tizimli ravishda tasniflash va tavsiflashga qaratilgan qaratilgan zamonaviy elektron ma’lumotlar to‘plami. Oilaviy qadriyatlar katalogida 5 ta yo’nalishda 100 ga yaqin oilalardagi ma’naviy qadriyatlarning ta’rifi, ularning amaliy ahamiyati, boshqa millatlar oilalari hayotidagi o’rni, qadriyatga tegishli bo’lgan hikmatli so’zlar, maqol va aforizmlar, har bir qadriyatga tegishli foydali manbalar o’z aksini topgan.
Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar
Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar har bir millatning madaniyati, urf-odatlari va ijtimoiy hayoti, e’tiqodlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular jamiyatni barqaror holatda saqlab turishga katta hissa qo‘shadi. Har bir millatning oilaviy qadriyatlari o‘ziga xos bo‘lib, ular oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, bolalarning tarbiyasi, kattalarga hurmat va ijtimoiy burchlar kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi.