Xushmuomalalik – muhim ahamiyatga ega boʻlgan muloqot shakli boʻlib, bu kishilarning o‘zaro munosabatlarida samimiylik, hurmat va xushfe’llikni namoyon qiladigan fazilat. Bu qadriyat insonning boshqalar bilan munosabatida odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, sabr-toqat va e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi. Xushmuomalalik orqali jamiyatda ijobiy munosabatlar shakllanadi va insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rivojlanadi.

Oilada xushmuomalalik – bu oila a’zolari o‘rtasida mehr-muhabbat, hurmat va samimiy munosabatlarni shakllantiruvchi va mustahkamlovchi asosiy qadriyatlardan biridir. Oila inson hayotidagi birinchi tarbiya o‘chog‘i bo‘lib, xushmuomalalik aynan oila muhitida shakllanadi va rivojlanadi.

Xushmuomalalik oʻz ichiga muloyimlik, murosayi-madora, ohistalik, tagdorlik kabi sifatlarni qamrab oladi. Shuningdek, xushmuomalalik qatʼiy tartibga asoslangan axloqiy meʼyor hisoblanadi: u oʻzgani ranjitmaslik, birovga yomon soʻz aytmaslik, bahs-munozaraga kirishganda muxolifni hurmat qilish, qoʻrslik va chapanilikdan xoli boʻlish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi.

Xushmuomalalik yaxshi va to‘g‘ri tarbiya natijasidir. Do‘stona oilada bir-biriga haqorat qilish va ovozini ko‘tarish qabul qilinmaydi. Zero, bolalar ota-onasidan namuna olishadi. Erta yoshda ular beixtiyor kattalarni nusxa ko‘chirishadi. Ular o‘sib ulg‘ayganlarida, o‘zlarining oila a‘zolarining axloqi va odatlarini qabul qiladilar. Ota-onalar farzandiga gapirishda hurmatga loyiq bo‘lishlari kerak.

Xushmuomalalik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Italiyada oilada bolalarga juda erta yoshdanoq xushmuomalikka o‘rgatiladi va ular asta-sekin uning asosiy mexanizmlarini o‘rganadilar deb hisoblashadi. Xushmuomalalik ham odob-axloq kabi tinch-totuv yashash garovi bo‘lib, jamiyatdagi muvaffaqiyatli hayotdan ajralib qolmaslikda yordam beradi deb biladilar.

Germaniyada ota-onalar bolalarida xushmuomalalikni tarbiyalashlarida bilvosita qo‘ni-qo‘shnilar va tanishlar bilan xushmuomalali munosabatda bo‘lishni o‘rnak ko‘rsatish usullardan foydalanishadi, chunki amaliyotsiz nazariya hech qanday natija bermaydi deb hisoblashadi.

Buyuk Britaniyada oilada kattalar doimo yoshlarga nafaqat jamiyatdagi insonlarga, balki oilangiz atrofidagi insonlarga ham xushmuomala bo‘ling, deb ta’kidlashadi. Bundan ham ko‘proq – “iltimos”, “kechirasiz”, “rahmat” kabi so‘zlarini ko‘proq ishlatish kerak bo‘ladi.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:

Odamlarga shirinso‘z bo‘linglar. (Qur’oni Karim, Baqara surasi 83-oyat)

Minnatdorchilik tashakkur bildirilayotgan kishining huquqi emas, balki minnatdorchilik aytayotgan odamning burchidir; minnatdorchilik talab qilish – ahmoqlik, minnatdor bo‘lmaslik esa tubanlikdir.

Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir. (J.Lebbok)

Modomiki bir-ikki og‘iz shirin so‘z odamni baxtiyor etsa, shuni qizg‘angan odam ablahdir. (T.Pen)

Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatliligidan nishona. (O.Balzak)

So‘z aytganda o‘ylab ayt, Oqibatini bilib ayt.

Tilni bog‘la dil bilan, dilni bog‘la til bilan. (o‘zbek xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar:

Kitoblar:

Соловьев Э.Я. “Современный Этикет”. https://www.livelib.ru/book/1000629904-sovremennyj-etiket-delovoj-i-mezhdunarodnyj-protokol-e-ya-solovev

Рами Блект  “Алхимия общения”. https://www.litres.ru/book/rami-blekt/alhimiya-obscheniya-iskusstvo-slyshat-i-byt-uslyshannym-6371106/

Badiiy kitoblar:

A.Qodiriy.  “Mehrobdan chayon”. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-qodiriy-1894-1938/abdulla-qodiriy-mehrobdan-chayon-roman

O‘.Hoshimov.  “Ikki eshik orasi”. https://kitobxon.com/oz/kitob/ikki-eshik-orasi

Maqolalar:

“Xushmuomalalik va hurmat o‘rtasidagi farq” // https://uz.whatdifference.com/24015137-difference-between-courtesy-and-respect

“Как воспитать вежливость у детей и взрослых” https://letidor.ru/psihologiya/kak-vospitat-vezhlivost-u-detey-i-vzroslyh.htm?full

Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=ReNAmx-OZ84

https://www.youtube.com/watch?v=eRHIdtlllmg