Xayriya – muhtojlarga ixtiyoriy va bepul yordam berish, xayriya notijorat tashkilotlar fondlari tomonidan muvofiqlashtiriladi, ammo bu borada har qanday shaxs yoki kompaniyalar ham yordam berishi mumkin. Xayriyaning asosiy xususiyati ixtiyoriy turdagi, vaqt va joyni, shuningdek, (maqsadli) yordamning mazmunini tanlashdir.

Xayriya – imkoni bor har bir insonnning, xususan, moʻmin-musulmonning sharafli burchi. Islom dunyosida masjidlar muhtojlarga yordam koʻrsatish ishida, shuningdek, xayriya qilishda (kambagʻal, kam taʼminlangan, beva-bechoralarga moddiy yordam koʻrsatishda), bemorlar, yetim-yesirlar, nogironlar va keksalar holidan xabar olishda faol qatnashib kelgan hamda fuqarolarni bunga daʼvat etgan. Asta-sekin xayriya faqat diniy emas, balki ham dunyoviy koʻrinish kasb eta boshladi.

Oʻzbekistonda xayriya ishlari va maxsus xayriya jamgʻarmalari taʼsis etish amaliyoti keng qoʻllanilmoqda. Xayriya hasharlari, “Mahalla”, “Sen yolgʻiz yemassan” va boshqa xayriya jamgʻarmalari shular jumlasidandir.

Xayriya boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Rossiyada xayriya faoliyati 1995-yil 11-avgustdagi “Xayriya faoliyati va xayriya tashkilotlari to‘g‘risida”gi 135-sonli Federal qonuni bilan tartibga solinadi. Yuqoridagi qonundan tashqari xayriya faoliyati Konstitutsiyaning (39-moddasi) va Fuqarolik kodeksining tegishli qoidalari bilan tartibga solinadi.

Qozog‘istonning “Liter” gazetasiga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining atigi 0,5 foizi chin ma’noda xayriya bilan shug‘ullanadi. Qozog‘istonda so‘zning to‘liq ma’nosida xayriya yo‘q bo‘lgani sababli, ko‘pchilik uchun rahm-shafqat tushunchasi sadaqa berish va bolalar uylariga keraksiz narsalarni berish bilan bog‘liq.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:

Agar erkin jamiyat ko‘p kambag‘allarga yordam bera olmasa, u boylarni himoya qila olmaydi. (Jon Kennedi)

Xayriya – qo‘shnilarini bezovta qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun oxirgi boshpana. (Oskar Uayld)

Sadaqa faqat qurbonlik bo‘lgandagina sadaqa bo‘ladi.  (Lev Tolstoy)

Yaxshi ish yaxshilikka zarar keltirmaydi.

Yaxshi ish ham ruhni, ham tanani oziqlantiradi. (rus xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar:

Kitoblar:

Стивен Левитт, Стивен Дабнер. Фрикомыслие: Нестандартные подходы к решению проблем. https://www.litres.ru/book/stiven-dabner/frikomyslie-nestandartnye-podhody-k-resheniu-problem-8716201/chitat-onlayn/

Maqolalar:

Xayriya tushunchasi, uning namoyon bo ’lish shakllari va xususiyatlari “  https://cyberleninka.ru/article/n/xayriya-tushunchasi-uning-namoyon-bo-lish-shakllari-va-asosiy-xususiyatlar

Videolar:

https://yandex.ru/video/preview/10592103609914669256

https://yandex.ru/video/preview/566131267768688803