Vijdon – axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xatti-harakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qila olish, oʻzida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi.

Vijdon dastlabki axloqiy mayl boʻlib, tashqi taʼsir tufayli rivojlanishi yoki soʻnishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning oʻz xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon boʻlish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon boʻladi. Vijdon yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bogʻliq. Jamiyatning rivojlanishi, maʼnaviy, axloqiy yuksalishi bilan vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon boshi berk koʻchaga oʻxshaydi. Undan chiqish qiyin, lekin chiqish esa insonning oʻziga bogʻliq. Vijdon erkinligi tushunchasi vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi.

Bugungi eng muhim masalalardan biri — inson vijdonini uygʻotish muammosi. Vijdon soʻzi arab tilida hissiyot, kishining ichki dunyosi, ruh, koʻngil, or-nomus maʼnolarini ham beradi. Ayrim olimlarimiz taʼkidlagani kabi insonning hayoti faqat aql bilan boshqariladigan boʻlsa, bu dunyo hayoti oʻta beshafqat, oʻta xudbin tus oladi. Bunday paytda insonda moddiy manfaatlar har doim birinchi oʻringa chiqadi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit beqarorlashuviga olib keladi.

Xoʻsh, vijdon oʻzi nima? Unga berilgan taʼriflar juda koʻp. Baʼzi olimlar vijdonni kishilarning kundalik faoliyati, xatti-harakati, feʼl-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va Vatan oldida maʼnaviy masʼuliyat his etish sifatida taʼriflaydi. Yana bir guruh mutaxassis va olimlar uni insonga xos boʻlgan yuksak maʼnaviy fazilat tarzida tushuntirishga harakat qiladi. Yana birlari esa vijdon atamasini shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qilishi, axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyati, deya tushuntiradi.

Vijdonli odam tortgan iztiroblarga hamma ham chiday olmaydi. Har kimning vijdonli insonga aylanishi oʻta murakkab jarayon. Oʻzbek milliy-maʼnaviy merosi, tarbiya tizimi shu darajada mukammal tuzilganki, ularni oʻrganish, tahlil qilish har qanday olimu mutaxassisni hayratga solmay qoʻymaydi. Biz bilib-bilmay har kuni ishlatadigan iymon, eʼtiqod, maslak, hamiyat, andisha, nomus, insof, gʻurur, iftixor, axloq, salohiyat, iroda kabi oʻnlab, balki yuzlab atamalar borki, ularning bari bir narsaga — insonni yaxshi shaxsga aylantirishga, kishilarda komillik sari qadam tashlash koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Vijdonli odamlar yolgʻon gapirishni oʻziga ep bilmaydi. Ularning hayotiy pozitsiyasi bitta: boshiga qilich kelsa ham, rost gapirish, vijdoniga xilof ish qilmaslik. Barchamiz sevib tomosha qiladigan “Suyunchi” badiiy filmida Anzirat xolani mahalladoshlari “Anzirat xola qishlogʻimizning vijdoni edi”, deya taʼriflashida juda katta maʼno bor.

Yana shu narsaga eʼtibor berish lozimki, bugun vijdonli boʻlish juda ogʻir. Vijdonli kishi uchun u egallagan bilim, atrofidagilarning unga hurmat-ehtiromi, toʻplagan boyligi yetarli emas. Bunday kishilar doimo ziddiyatli holatda boʻladi. Aslida, vijdonli odamlar, bir tomondan oʻzining atrofidagi diyonatsiz, insofsiz, loqayd kishilar bilan kurash olib borsa, boʻlak tarafdan u oʻzi bilan oʻzi ogʻir kurashga kirishadigan, yuksak maʼnaviyatli odam.

 Biroq axloq va vijdon tushunchalari orasida muayyan farq borga oʻxshaydi. Masalan, vijdonli inson hech qachon hayotiy tamoyillaridan qaytmaydi, u oʻzini oʻzi aldashga yoʻl qoʻymaydi, har qanday vaziyatda ham haqiqatni oʻziga qalqon qiladi. Har qanday sharoitda ham rost gapiradi. Axloqli shaxs esa atrofidagilarning, suhbatdoshlarining qalbiga ozor berishni istamaydi, ularning obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatmaslikka harakat qiladi.

Mavlono Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli Sulton Valad “Maorif” asarida dunyoni chuqur bilish, rost va yolgʻonni xatosiz farqlash, ilohiy sirlar mushohadasida, umuman, insonda axloqiy sifatlarni shakllantirishda vijdon koʻziga alohida eʼtibor qaratishni taʼkidlaydi. Asarda bunday deyiladi: “Nazar ikkidir. Biri maxsus, ikkinchisi vijdoniy erur. Birinchisi boshimizdagi koʻzdir. Vijdoniysi esa uning-la oʻzimizdagi qahr, xotirjamlik, dargʻazablik, lutf, joʻmardlik, faqirlik, sadoqat, doʻstlik, dushmanlik, birlik, qarama-qarshilik, shahvat va iffat hollarini koʻra oladiganimiz koʻzdir. Sen bularni boshdagi koʻz bilan koʻra olmaysan… Xoʻsh, bu vijdoniy koʻz, yaʼni basiratning ochilishiga qanday erishsa boʻladi? Buning birinchi va asosiy sharti qalb tasfiyasi. Qalb poklanmas ekan, inson uchun hech narsa pok va musaffo emas. Zero, u pokni chirkindan, latifni kasifdan, boqiyni foniydan ajrata bilmaydi”.

 Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada kamtarlikni shakllantirish masalasi oila a’zolarinning shaxsiy na’munalari asosida bo‘ladi. Oialada ota-onalar, bobo-buvilar o‘sib kelayotgan avlod uchun haqiqiy na’muna bo‘lishlari uchun, avallo o‘zlari kamtarlikka ega bo‘lishlari va bu haqida ma’lumotga ega bo‘lishlarini o‘rgatish;

Ta’lim muassasalarida kamtarlikka oid “Kamtarlik – jasorat toji”, “Kamtarlik odamga husn beradi”, “Kamtarga kamol, manmanga – zavol”, “Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”, “Kamtar boʻlsang obroʻ ortar, manman boʻlsang ensa qotar”, “Oʻzing osmonda boʻlsang ham, oyogʻing yerda boʻlsin”, “Boshing osmonga yetsa ham, yerga qarab yur”. mavzusida maxsus darslar yoki tadbirlar o‘tkazish, bu orqali yosh avlodni mazkur qadriyatning ahamiyati haqida tushuntirish;

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

 «Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur» (Qur’oni Karim, Anfol surasi, 29 oyat)

 “Yo asling kabi ko`rin, Yo ko`ringaning kabi bo`l”. (Jaloliddin Rumiy)

 Ostonadan ayvon yaxshi,

Vijdonsizdan hayvon yaxshi. (O‘zbek xalq maqoli)

Toza vijdon kabi yumshoq yostiq yo’qdir. (Fransuz maqoli)

Xato qilish insonga xos xususiyat, o‘z xatongni boshqa birovga to‘nkay olish esa ikki karra o‘ziga xos xususiyatdir. (Gabriel Garsia Markes)

 

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

“Vijdon azobi”. Amina Shenliko’g’li. https://kitobxon.com/oz/kitob/vijdon-azobidunyo-adabiyoti-xazinasidan

Badiiy kitoblar:

“Vijdon”. Rustam Jabborov. https://kitobxon.com/oz/kitob/vijdon-2

“Vijdon uyg‘onur”. Tohir Malik. https://kitobxon.com/oz/kitob/vijdon-uygonur

Vijdon azobisiz yashash qanday yaxshi. Abduxalil Mavrulov. https://oyina.uz/uz/article/1448

 Videolar:

https://www.google.com/search?q=vijdon+haqida&sca_esv=7cffce009da9068a&tbm=vid&sxsrf=ADLYWIJajf3FMYEPVp_YQMs9E_61rTAiww:1731921983884&ei=Pwg7Z8OqNZiC1fIPo6_MuQ4&start=20&sa=N&ved=2ahUKEwiDxoKVyOWJAxUYQVUIHaMXM-cQ8tMDegQIDBAG&biw=1920&bih=963&dpr=1#fpstate=ive&vld=cid:5f56b182,vid:6ffcynAqh8w,st:0