Tolerantlik – (lot. “tolerantia” – “sabr-toqat”) jamiyatdagi turfa madaniyatlilik, plyuralizm, turli-tumanlik va xilma-xilliklarning mavjudligini tan olish, qabul qilish, to‘g‘ri tushunish va hurmat qilishga qaratilgan ijobiy munosabat, deya ta’riflanadi hamda ushbu tushunchaning o‘zbek tilida bag‘rikenglik, sabrlilik, qanoatlilik, toqatlilik, bardoshlilik, chidamlilik kabi bir qator sinonimlarga egaligi alohida e’tirof etiladi.

Ijtimoiy va madaniy xilma-xillikka nisbatan individual hamda ijtimoiy munosabat, shuningdek, o‘zga fikr, e’tiqod va yurish-turish uslubiga nisbatan sabr-toqatlilik shakli sifatida tolerantlikka – madaniyatlilik va yetuklikning asosiy alomati deb qarashimiz mumkin.

Tolerantlik xususiyatini o‘rganishda milliy an’analar, qadriyatlar va madaniyatga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, xalqimiz tolerantligi O‘zbekistonda milliy hamjihatlik ruhini tarkib toptirib, turli millat vakillari O‘zbekistonni o‘z vatani deb his etishiga, milliy madaniyati, san’ati, diniy munosabatlari va e’tiqodini namoyish qilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Tolerantlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Koreya oilalarida tolerantlik mehribonlik, tushunish, qabul qilish, boshqa odamlarning qadr-qimmatini hurmat qilish, qadriyatlarini afzal ko‘rish bilan ajralib turadi.

Amerikada oilalarda tolerantlikni shakllantirishda boshqa xalqlar madaniyati va qadriyatlarini tushunish, qabul qilish va hurmat qilishni, tinchlikparvarlikni, har qanday shaklda zo‘ravonlikdan voz kechishni, nima bo‘lishidan qat‘iy nazar (irqi, dini, yoshi, jinsi va boshqalar), altruizmni, boshqalarni hurmat qilish kabi  ta’lim usullaridan foydalanishadi.

Fransiyada yosh avlodning milliy o‘zligini shakllantirishda oiladagi tolerantlikning ham ta’siri katta deb hisoblashadi.

Tolerantlik (bag‘rikenglik) taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:

Tolerantlik ijtimoiy munosabat sifatida, shubhasiz, bolalik davrida, ota-onalarning tarbiya munosabatlarida, mukofotlar va jazolar siyosatida, oila muhitida ildiz otadi” (G.Olport)

“Jasorat sinovi biz ozchilikda bolganimizda keladi. Tolerantlik sinovi biz kopchilik orasida bolganimizda keladi.” (Ralf V. Sokman)

“Bag‘rikenglik tinchlik manbayi, murosasizlik esa tartibsizliklar manbayi.” (Pir Bile)

Hayot yaxshi ishlar uchun beriladi.

Bir soat chidash, lekin bir asr yashash. (rus xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar:

Kitoblar:

Lundberg E. (ed.). Mechanisms of tolerance: an anthology //Margin. – 2006. – Т. 2002. – С. 2004. https://www.researchgate.net/profile/Erik-Lundberg-7/publication/314470566_The_mechanisms_of_tolerance_an_anthology/links/59529e2c0f7e9b3292381a69/The-mechanisms-of-tolerance-an-anthology.pdf

Dr.Magda Rights and tolerance in Islam. https://ia802805.us.archive.org/28/items/learnislampdfenglishbookrightstoleranceinislammagdaamer/learn%20islam%20pdf%20english%20book%20__%20RightsToleranceInIslam_MagdaAmer.pdf

Maqolalar:

Силина Л. А. Особенности формирования толерантности в семье //Психология. Историко-критические обзоры и современные исследования. – 2017. – Т. 6. – №. 1A. – С. 118-127. http://publishing-vak.ru/file/archive-psycology-2017-1/12-silina.pdf

Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=Zfh3AuQKecQ;

https://yandex.ru/video/preview/9853803415815981516