Tinchliksevarlik – tinch munosabatlarni saqlashga, tinchlikka, totuvlikka intilish. Ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda ularning umumiy manfaatlari e’tiborga olinishi tinchliksevarlikni vujudga keltiradi.

Insonlarga tinchlik-osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne’mat yo‘q. Yurt notinch bo‘lsa to‘y-tomosha, xursandchilik, o‘yin-kulgi tatimaydi. Urushlar tufayli insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, odamgarchilik unutiladi, boshlangan xayrli ishlar, ulug‘ maqsadlar qolib ketadi. Barchaning hayotidan huzur-halovat, turmushidan orom-farog‘at ko‘tariladi. Tinchlikning qanday ulug‘ ne’mat ekanini tasavvur qilish uchun har kuni xotirjamlik bilan ish va boshqa yumushlarga borib kelayotganimiz, farzandlarimizning hech qanday xavf-xatarsiz o‘qish va bog‘chaga qatnayotganini misol keltirish kifoya.

Oilada tinchliksevarlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Xitoyda oilalar jamiyatning hujayralaridir. Oilaviy totuvlik jamiyat barqarorligiga, oilaviy baxt ijtimoiy tinchlikka, oilaviy madaniyat ijtimoiy madaniyatga yordam beradi. Oilalar kelajagi xalq kelajagi bilan chambarchas bog‘liqligini tarix ham, voqelik ham ko‘rsatadi. Xalqning oilasi yaxshi bo‘lsagina yaxshilikka erishadi. Oilalar tinchliksevarlik masalasida – farovon va qudratli xalq, milliy tiklanish va xalq baxti, yuz millionlab odamlarning farovon hayot kechirishi bilan mujassamligi maslasi ustun turadi.

Turkiyada “Yurtta sulh, cihanda sulh” (Yurtda tinchlik, dunyoda tinchlik) shiori ostida tinchliksevar mamlakat hisoblanadi. “Xudo birlashtirgan narsani inson ajratib bo‘lmaydi” deb ishoniladi. Shu nuqtayi nazardan, oilaviy munosabatlarda tinchliksevarlik, vatanparvarlik masalalari dastlabki o‘rinda bo‘lib oila a’zolari tomonidan alohida e’tirof etiladi.

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada oila a’zolari o‘rtasida mehr-muhabbat, oila faravonligi va tinchligi yo‘lida ahil bo‘lishlari, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun oilalarda keng qamrovli o‘rgatish;

Ta’lim muassasalarida oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, “Oilam tinch, men tinch”, “Yurt tinchligi, oilam farovonligi” mavzularida davra suhbatlari tashkil etish hamda yosh avlodni mazkur qadriyatning ahamiyati haqida tushuntirish;

“Tinchlik eng oliy umuminsoniy qadriyat” mavzularida jamoatchilik tashkilotlari va ijtimoiy loyihalar orqali ijtimoiy yordam dasturlarini rivojlantirish;

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

“Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling, gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang”. [Qur’oni Karim, Moida surasi, 2-oyat].

“Jonkuyarlik odatingni hech kimsadan ayama,

Kunlar o ‘tib ketdi endi, bo ‘ldi endi bas, dema.

Imkon qadar yaxshilik qil, yaxshilikning yo ‘li keng,

Birov uchun bo ‘lgin yoqa, birov uchun, mayli yeng.” (Abu Homid G‘azzoliy)

Tinchlik bilan el ko’karar,

Yomg’ir bilan — yer. (O‘zbek xalq maqoli)

Osoyishtalik — eng yaxshi malham. (O‘zbek xalq maqoli)

 

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf., Hadis va hayot. Savdo, ziroat va vaqf. (Meksikadagi oilaviy madaniyat haqida).

Maqolalar:

Oila qadriyatlari, oilaviy ta’lim va oilaviy an’analar http://en.npc.gov.cn.cdurl.cn/2021-12/27/c_693858.htm

https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/19448953.2020.1801243

Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=Wj4oVs-V6MI

https://www.youtube.com/watch?v=NvowFeD6gcg