Tejamkorlik – bu resurslarni, jumladan, vaqt, pul, energiya va moddiy boyliklarni oqilona boshqarish jarayonidir. Tejamkorlik shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy miqyosda resurslarni isrof qilmaslik, ularni kelajak uchun samarali saqlashni nazarda tutadi. Bu qadriyat odamlarning moliyaviy barqarorlikka, ekologik xavfsizlikka va umumiy hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Tejamkorlik oilaviy hayotning barqarorligini ta’minlaydigan muhim omillardandir. Tejamkor oilalar ko‘proq iqtisodiy mustaqillikka erishadi, ularning farzandlari yaxshi ta’lim olish, salomatlik xizmatlaridan foydalanish va qulay yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tejamkorlik oiladagi moliyaviy rejalashtirish va xarajatlarni nazorat qilish orqali moddiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi. Shu bilan birga, oila a’zolari o‘z vaqtini ham oqilona sarflash orqali oila uchun ko‘proq foydali ishlarga ko‘maklashadi.
Tejamkorlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida
Dunyo bo‘ylab tejamkorlik qadriyati turli millatlar va madaniyatlarda turlicha ifodalanadi va ularning oilaviy hayotdagi ahamiyati katta. Misol uchun, Yaponiya madaniyatida tejamkorlik “mottainai” tushunchasi orqali namoyon bo‘ladi. Bu tushuncha resurslarni isrof qilmaslikni, ularni samarali foydalanishni va bor narsani qadrlashni anglatadi. Yapon oilalarida bu qadriyat ekologik barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, oilaviy byudjetni oqilona boshqarish orqali farovonlikka erishiladi.
Xitoyda tejash qadriyatlari Konfutsiy ta’limoti asosida rivojlangan bo‘lib, u yerda “qanoat” va “isrof qilmaslik” qadriyatlari muhim ahamiyatga ega. Xitoy oilalarida oilaviy farovonlikni ta’minlash uchun moliyaviy tejamkorlik katta e’tibor qaratiladi. Farzandlarga tejash va ularning o‘z kelajaklari uchun jamg‘arma qilish masalalari erta yoshdan o‘rgatiladi.
Germaniya madaniyatida tejamkorlik qadriyatlari yuqori baholanadi. Nemis oilalari ko‘pincha o‘zlarining moliyaviy rejalari bo‘yicha aniq rejalar tuzishadi, energiyani tejash va ekologik barqarorlik muhim o‘rin tutadi. Shaxsiy moliyaviy mustaqillikka erishish uchun tejashga katta e’tibor beriladi.
Turkiyada tejamkorlik oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liqdir. Turk oilalarda tejash odati ko‘pincha oilaning farovonligini ta’minlash uchun kiritilgan. Turkiyada oilalar kelajak avlodning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun tejash va jamg‘arma qilishga katta ahamiyat berishadi.
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Oilada:
Oilaviy byudjet tuzish, barcha xarajatlarni yozib borish;
Energiya va suv sarfini kamaytirish uchun samarador choralarni joriy etish.
Ta’lim muassasalarida:
Ta’lim muassasalarida tejamkorlik mavzusida maxsus darslar va ijtimoiy loyihalar tashkil qilish;
O‘quvchilar va talabalarni mablag‘larni oqilona sarflash, vaqtni tejash, qayta ishlashga o‘rgatish.
Tashkilotlarda:
Korxonalar va tashkilotlarda tejamkorlik bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish;
Ijtimoiy mas’uliyatni oshirish uchun tejamkorlikka oid ma’ruzalar va treninglar tashkil qilish.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
“Ayol so‘m qilar, erkak — chaqa.”
“Bozori yaqin boyimas.”
“Donni yiqqan donodir.”
“Kam-kam yesang, doim yersan,
Ko‘p-ko‘p yesang, neni yersan.”
“Tejab yegan darmonda,
Tejamagan — armonda.” (O‘zbek xalq maqollari)
“Boylikning qadrini uni topganda bilasan, do‘stning qadrini — yo‘qotganda.” (Gruzin xalq maqollari)
“Chaqani asrolmagan so‘mni ham asrolmaydi.” (Ingliz maqoli)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Falsafa. Qomusiy lug’at. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2004. – 496 bet.
Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – 760 bet.
Toshmatov, Sh. H. Tejamkorlik va iqtisodiy barqarorlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018.
Nixon, R. A. The Psychology of Thrift and Saving: How Behavioral Economics Impacts Personal Finance. – Cambridge University Press, 2020.
Barker, T.H. Sustainability and Resource Conservation: A Guide for Modern Families. – New York: Routledge, 2019.
Badiiy kitoblar:
Ostin, J. Andisha va g‘urur. Toshkent: Yangi asr avlodi – 2016.
Jorj Oruell. 1984. Toshkent: Nihol – 2021.
Maqolalar:
Dahl, G. B. Family welfare cultures. //The Quarterly Journal of Economics. – 2014.
Гридасова О. В., Савостина Е. Н., Чеботарёва И. Ю. СЕМЬЯ КАК НАЧАЛЬНАЯ ШКОЛА ЭКОНОМИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ //Печатается по решению редакционно-издательского совета ОГАОУ ДПО «Белгородский институт образования». – 2020. – С. 209.
Videolar: