Tashabbuskorlik – faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, daʼvat etish, ijodiy yondashishda namoyon boʻladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda oʻziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi.

Tashabbus – biror ishni boshlash, daʼvat etish bilan bogʻliq xatti-harakat, gʻayratni anglatuvchi tushuncha. Inson maʼlum bir maqsadlarga intilish bilan hayot kechirar ekan, turli sharoitlarda ish olib boradi. Ana shunday sharoitlarda koʻzlangan maqsadni anglab yetish va unga erishishning ilgʻor yoʻllarini topishga intilish tashabbusni keltirib chiqaradi. Maʼnaviy nuqtayi nazardan tashabbus inson dunyoqarashining tetikligi, sogʻlomligini, qiyinchiliklarni yengib oʻtishga qodirligini ifodalab, hayotga koʻtarinki ruh va ijobiy kayfiyatda munosabatda boʻlishni anglatadi. Tashabbus har bir insonga, guruhga, millat va xalqqa tegishli boʻlishi, rasmiy, norasmiy, obyektiv va subyektiv, yashirin va ochiq, funksional va nofunksional, nazariy va amaliy, ijobiy yoki salbiy kabi koʻrinishlarda roʻy berishi mumkin.

Tashabbuskorlik kasbga, sohaga, individual yoki ijtimoiy masala kabilarga qaratilgan boʻlishi, moddiy, maʼnaviy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va hokazo maqsadlarni ifodalashi mumkin. Bu sohadagi adabiyotlarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, masalan, bola shaxsining tashabbuskorligi, ijodiy imkoniyatlari yuqori boʻlishi bir-biri bilan uzviy aloqador boʻlgan bir qator omillarga bogʻliq.

Mutaxassislar fikricha, oilada bolaga mehrli munosabat, ularda ijodiy iqtidor va tafakkurni rivojlantirish ijodiy, mustaqil fikrlash qobiliyati va tashabbuskorlikning shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Taʼlim-tarbiya jarayonining yoshlarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga mos boʻlishi barcha taʼlim muassasalarida (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, universitet) taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchilar munosabatlarini demokratlashtirish, oʻqituvchining mavqeyiga nisbatan qarashni, taʼlim shakli, mazmuni va texnologiyalariga yangicha, yaʼni innovatsion yondashuvni joriy qilishni taqozo etadi.

Tashabbuskorlikni amaliyotda qo‘llash bo’yicha tavsiyalar:

Oilada tashabbuskorlik muhitini shakllantirish va uni rag‘batlantirish maqsadida turli xil metodlarni qo‘llash, farzandlarni tashabbus qilishga o‘rgatish lozim.

Ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlarida ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus loyihalar va topshiriqlarni joriy etishi lozim. Bu orqali o‘quvchilar o‘z tashabbuslarini amalda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘qituvchilar dars jarayonida interaktiv metodlar, muammoli vaziyatlar va ijodiy topshiriqlarni qo‘llab, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi kerak.

Oilaviy tashabbuskorlikni rag‘batlantirish uchun ichki va tashqi tanlovlar, ilmiy loyihalar, startaplar va boshqa raqobatbardosh tadbirlarni tashkil qilish orqali o‘quvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirishi mumkin.

 Ta’limga taalluqli maqollar, hikmatli sozlar, aforizmlar:

Avval bil, keyin qil.

Avval o’rgan, keyin o’rgat.

Avom tabib — ofati jon.

Avrasang, oqil bo’lar,

Bovrasang, botir bo’lar.

Aql ko’pga yetkazar,

Hunar — ko’kka.

Barakat — mag’izda,

Hunarli qo’l — og’izda.

Baxt belgisi — bilim.

Behunaming hunari — yalqovlik.

Bilagi zo’r birni yiqar,

Bilimi zo’r — mingni.

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim  ma’nolarining tarjima va tafsiri . – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014.

Isoqjon Muhammadjon og’li. Ta’lim va tarbiya. – Toshkent: “Hilol-Nashr” nashriyoti, 2018