Qonunlarga hurmat – bu fuqarolarning jamiyatda belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilish, ularni tan olish va ularga bo’ysunish mas’uliyatini o’z zimmasiga olish tushunchasidir. Bu tushuncha insonning qonuniy me’yorlarga ongli ravishda munosabatda bo’lishini, ularga qarshi chiqmasligini, balki ularga rioya etishni o’zining fuqarolik burchi sifatida qabul qilishini anglatadi.

Qonunlar – jamiyatda tartibni saqlash, adolatni ta’minlash, fuqarolarning o‘z huquqini himoya qilish maqsadida davlat tomonidan o‘rnatilib, ularga amal qilish majburiy hisoblanadi va ularni buzgan holatda davlat tomonidan javobgarlikka tortiladi. Qonunlar muayyan davlatning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan ishlab chiqilib davlat hududining barcha qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
Qonunlarga amal qilish orqali biz o‘z huquqlarimizni himoya qila olamiz, o‘z huquqlarimizni talab qilib ularni amalga oshira olamiz. Avvalambor, shaxs, o‘z huqularini davlatdan talab qilar ekan, davlat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarga amal qilishi ham kerak, ya’ni inson faqat talab qilishni emas amal qilishni ham bilishi kerak. Shu o‘rinda aytib o‘tishim lozimki, inson o‘z huquqlarini amalga oshirgan holda boshqalarning ham huquqlarini hurmat qilishi kerak, sababi, insonning huquqlari boshqa shaxsning huquqlari bilan to‘qnashganda cheklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5618-son farmonida ham fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash belgilab qo‘yilganligi mamlakatimizda qonunlarga hurmat tamoyilini ustuvor ekanligini ko‘rsatib beradi.
Davlat qonunlarni ishlab chiqar ekan maqsadi qonuniy davlat emas huquqiy davlat barpo etish bo‘lishi kerak. Qonuniy davlat bilan huquqiy davlatning farqi nimada? Bilamiz, har qanday qonun ham adolatli, to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, qonunlarning maqsadi insonlarning huquqini himoya qilish va jamiyatni tartibga solish ekan, qonunlar adolatli bo‘lib barchaga o‘z harakati, qilmishiga yarasha hukm berishi kerak. Huquqiy davlatda birinchi o‘rinda qonunlar emas, insonlarning huquqiy, sha’ni va qadr-qimmati yotadi va davlatlar ushbu tamoyilga amal qilishi kerak.
Qonunlarga hurmat boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida
Germaniyada qonunlarga hurmat yuksak ko‘rinishda namoyon bo‘lib, “Legal power” tushunchasi bilan izohlanadi. Nemis xalqining talqinicha qonunning kuchi uning inson huquqlarini himoya qilishi bilan belgilanadi va fuqarolar o‘zini himoya qiladigan qonunlarni hurmat qiladilar.
Janubiy Afrikada qonunlarga hurmat adliya sektori va qonun ustuvorligi 1994-yildan beri amalda bo’lgan hukumat adliya sektorini aparteid institutidan xalqaro standartlarga mos keladigan institutga aylantirishda katta yutuqlarga erishgani, irqchilikka qarshi qonunlar bekor qilindi, huquqiy yordam tizimi kengaytirildi va jinoiy adliya tizimini isloh qilish uchun katta sa’y-harakatlar amalga oshirilgani bilan o‘lchanadi.
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Oilada qonunlarga hurmat tamoyilini shakllantirish uchun ota-onalar, bobo-buvilar o‘sib kelayotgan avlod uchun haqiqiy namuna bo‘lishlari lozim;
Ta’lim muassasalarida qonunlarga hurmatgaga oid “Mening konstitutsiyam”, “Siz qonunni bilasizmi”, “Zukko yurist”, “Qonunlar inson va fuqaro huquq va erkinliklari tayanchi” mavzularida maxsus darslar yoki tadbirlar o‘tkazish, bu orqali yosh avlodni mazkur qadriyatning ahamiyati haqida tushuntirish.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
Odamlar burchlarini unitishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar. (Indra Gandi)
Qonun qudratli, biroq ehtiyoji yanada kuchliroq. (Gyote)
Burchdan voz kechib va o’z vazifasini tan olmagan holda, yana o‘zi uchun hamma huquqlarni talab qilish to‘ng‘izlikdan boshqa narsa emas. (F.Dostoevskiy)
Haq yutar, haqlik topar. (O‘zbek xalq maqoli)
Adolatdan ortiq ezgulik yo‘q, yolg‘ondan ortiq nuqson yo‘q. (Hind maqoli)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
“Hidoya” Burxoniddin Marg‘inoniy. https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/burhoniddin-marginoniy-hidoya-va-boshqa-asarlaridan-parchalar.html
Montesquieu, Charles de Secondat. The Spirit of laws. https://archive.org/details/spiritoflaws01montuoft
Badiiy kitoblar:
Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. https://mykitob.uz/badiiy-kitoblar/kaykovus-qobusnoma/
Maqolalar:
Konstitutsiya – tinchlik va osoyishtalik timsoli. ISHMURATOVA S. http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m12536
RESPECT FOR LAW. Daugherty H. M. https://www.jstor.org/stable/25710662
Videolar:
https://onpurposeparents.com/portfolio/rules-responsibility-and-respect/