O‘zaro ishonch – odamlar o‘rtasidagi ochiq va ijobiy munosabatlar. Bu ishonchli odam u yoki bu munosabatlarda bo‘lgan boshqa odamning odob-axloqiga va xayrixohligiga bo‘lgan ishonchni o‘z ichiga oladi.

O‘zaro ishonch sog‘lom munosabatlarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Agar biz oilada bir-birimizga ishonsak, o‘zimizni xavfsiz va xotirjam his qilamiz. O‘zaro ishonch o‘zaro tushunish, ochiqlik va halollikka tayanadi. O‘zaro ishonch bir kechada paydo bo‘lmaydi, bu har ikki tomondan vaqt va kuch talab qiladi. Bu kichik qadamlar bilan boshlanadigan va vaqt o‘tishi bilan to‘planadigan jarayon. Ushbu jarayonda sabr-toqatli bo‘lish va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash muhimdir.

O‘zaro ishonch oilaning asosidir. Shunday oilalar borki, ularda hech narsa muhokama qilinmaydi, ularda oddiy kundalik ish va suhbatlashish uchun vaqt yo‘q. Insonlarning katta qismi bu holatni hatto odatiy hol deb biladi. Ammo ishonch bo‘lsa, oila chinakam baxtli va birdam bo‘lishi mumkin. Oila a’zolari bir-biridan his-tuyg‘ular haqida so‘rashsa va ularning sirlarini baham ko‘rsa, bunday uyda sevgi va o‘zaro tushunish hukmronlik qiladi. Ishonchni qozonish qiyin va uni bir zumda yo‘qotish mumkin.

O‘zaro ishonch boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Fransiyada o‘zaro ishonchni shakllantirishda insonning psixologik xavfsizligi holati, shuningdek, uning salbiy tashqi va ichki ta’sirlarni aks ettirish va yengish qobiliyati sifatlari muhim sanaladi.

Rossiyada oiladagi er-xotin munosabatlarida o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishi oiladagi qiyin vaziyatlarga birgalikda o‘zaro moslashish, rollarni taqsimlash, oilaviy hayot va umidlar o‘rtasidagi muvofiqlik, qarindoshlar bilan munosabatlarni o‘rnatish orqali.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:

Ishonch munosabatlarda ko‘prik yaratish uchun qurilish materialidir.(Paulo Koelo)

Ishonch gulga o‘xshaydi, uni gullashi uchun himoya qilish va unga g‘amxo‘rlik qilish kerak. (Anna Axmatova)

Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nimaiki yaratilgan bo‘lsa, albatta, u kuchli tartib asosida tashkil etilgan. (Endryu Xendrikson)

Dalaning ko‘kiga, odamning po‘kiga ishonma.

Yong‘oq mag‘zini po‘st tutar, sirni — hushyor do‘st. (o‘zbek xalq maqollari)

Jasurni – jangda, donishmandni – g‘azablanganda, do‘stni muhtojlikda sina.

O‘zaro ishonch do‘stlikning asosidir.

Hammaga ishonish yomon, lekin hech kimga ishonmaslik bundan ham yomoni. (rus xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Ян-Филипп Зендкер. “Искусство слышать стук сердца”. «Издательская Группа „Азбука-Аттикус“», 2013 https://www.litres.ru/book/yan-filipp-zendker/iskusstvo-slyshat-stuk-serdca-6088269/chitat-onlayn/

 Badiiy kitoblar:

Грэг Мортенсон. «Три чашки чая». Оформление. ООО «Издательство «Эксмо», 2014 https://flibusta.su/book/8759-tri-chashki-chaya/read/

 Maqolalar:

Доверие как основа семьи // https://nasledie.digital/articles/doverie-kak-osnova-semi/

Что такое нормальное доверие в семье? // https://www.thevoicemag.ru/psychology/psychology/chto-takoe-normalnoe-doverie-v-seme-rasskazyvaet-mihail-labkovskiy/

Videolar:

https://yandex.ru/video/preview/10054273850978084223