O‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun kimnidir qo’llab-quvvatlashga arziydigan vaziyat yoki kimdir xafa bo’lishi shart emas. Odamlar ijtimoiylashgan, shuning uchun ham salbiy va ijobiy his-tuyg’ularni kimgadir baham ko’rishga intiladi. Oila a’zosining yoki do’stning muvaffaqiyati uchun samimiy quvonch ko’rsatish ham qo’llab-quvvatlashdir. Shunday qilib, uning kuchli tomonlarini tan olasiz, o’ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlaysiz va uni davom ettirishga ilhomlantirasiz.

Hayotda nima bo’lishidan qat’iy nazar, oilada bir-biringizni qo’llab-quvvatlashni o’rganing. Chunki yaqinlaringizdan sizga yaqinroq odam yo’q. Sizdan boshqa hech kim sizga tasalli bermaydi, bolangizni tarbiyalamaydi, uni davolamaydi yoki kasal bo’lsa, beshigi yonida o’tirmaydi. Bularning barchasini faqat sizga yaqin bo‘lgan insonlar, oila a’zolaringiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi, buni siz qadrlashingiz va bir-biringizga g’amxo’rlik qilishingiz lozim. Har bir insonning hayotida qiyin daqiqalar bo’ladi. “Qiyin lahza” nima ekanligini tushunish, yoshi va shaxsiyat turiga qarab, odamdan odamga sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
O‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida
Koreyada oilada bolalarga yoshligidan uni atrofidagi insonlarga har doim e’tiborli bo‘lishni, do‘stlari bilan bir-birini qo‘llab-quvvatlashni, qiyin vaziyatda bo’lgan odam uchun to’g’ri so’zlarni topishni bilish kerak deb hisoblashadi.
Yaponiyada ota-onalar doimo yaqinlaridan o’zini qanday his qilayotganini so’rash, uzoqroq ko‘rmagan tanishlari bilan uzoqroq gaplashish, kattalarga yordam ko‘rsatish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash mumkin deb bilishadi.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
Muvaffaqiyatga erishgan hech kim boshqalarning yordamini tan olmasdan erisha olmaydi. Dono va ishonchli kishilar bu yordamni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. (Alfred Uaytxed)
Dunyo siz uchun qilganidan ko’ra, dunyo uchun ko’proq narsani qilish muvaffaqiyatdir. (Genri Ford)
Faqat yashash yetarli emas. Biz biror narsa uchun yashashga qaror qilishimiz kerak. Men buni insoniyat farovonligi yo’lida baham ko’rish, yo’qolganlarga umid va yolg’izlarga muhabbat olib borish orqali boshqalar uchun quvonch yaratishini taklif qilaman. (Leo Buskaglia)
Yo‘lbars qirqqa kirsa ham, yeyishi — ang,
Qarg‘a mingga kirsa ham, yeyishi — go‘ng.
Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.
To‘qmoq kuchli bo‘lsa,
Yung qoziq yerga kirar. (o‘zbek xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Исаева И. А. “Солидарность как воображаемое политико-правовое состояние” . https://www.litres.ru/book/igor-isaev-10107612/solidarnost-kak-voobrazhaemoe-politiko-pravovoe-sostoy-21553500/chitat-onlayn/
Гофман А.Б. “Традиция, солидарность и социологическая теория” М. : Новый хронограф, 2015. https://publications.hse.ru/books/156945607
Maqolalar:
Уметь правильно поддерживать друг друга! https://www.b17.ru/article/379641/
Videolar:
https://yandex.ru/video/preview/13962743719292743056
https://yandex.ru/video/preview/6536712669979273489