O‘z ustida ishlash – o‘zini tarbiya qilish kuchli irodani talab qiladi. Bunday faoliyat  qabul  qilingan  qarorni  bajarish  uchun  barcha  kuchlarini  to‘plash,  o‘zini  faol ishlashga,  harakat  qilishga  majbur  etishdan  iboratdir.  O‘zini  tarbiya qilish,  ayniqsa,  o‘z kamchiliklari  va  nuqsonlarini  bilganda  va  ularni  bartaraf  etishda  qo‘llaniladi.  Buning uchun  esa  shaxs  o‘z  irodasini  ishga  solish,  o‘zini  qat’iy  intizomga  bo‘ysundirishga odatlantirishi  zarur.

O‘zida  kuchli  irodani  tarbiyalashni  xohlagan  shaxs,  birinchi navbatda,  boshlagan  ishini oxiriga  yetkazishi,  bir yo‘la  ko‘p  ishga  qo‘l urmasdan,  oldin bittasini,  keyin  ikkinchisini  bajarishi,  vijdonan  ishlashi,  vaqtincha  yuz  bergan muvaffaqiyatsizliklardan  esankiramasligi  (birinchi  marta  va  takror  bajarishga)  o‘z injiqliklarini jilovlashi, o‘z  xato va kamchiliklarini  bartaraf etish ustida ishlashi,  hattoki, o‘zi uchun qiziqarli narsalardan ham kerak bo‘lganda voz kecha bilishi kerak.

Shaxs o‘z ustida ishlashi uchun, avvalo o‘zini atroflicha chuqur o‘rganishi, o‘z ishidagi yutuk va kamchiliklarni ko‘ra olishi kerak. O‘z-o‘zini o‘rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarni o‘rganmay, o‘zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o‘zini shaxs sifatida o‘rganish mumkin emas. O‘zini anglash, o‘zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi.

Ko‘plab insonlar o`zining bebaxo vaqtini bekorga o‘tkazib yuboradi. Inson o`z odatlarning bir xillik kun tartibi hukmronligi ta`siriga kirib, o`zining rejalarini keyingi kunga, haftaga yoki yillarga qoldira boshlaydi. O‘z-o`zini ishontirish, sobit qadam iroda orqaligina o`zining qobiliyatlarini namayon etishga erishish mumkin. O‘z-o`zini tarbiyalash o`z faoliyatini tahlil qilishdan va o`z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi.

 

O‘z ustida ishlash boshqa millatlar oilasida qadriyat sifatida

Yaponiyada o‘z ustida ishlashni bolalik chog‘idan o‘rgatishadi. Farroshi yo‘q maktablar, shaxsiy manfaatlardan jamoa manfaatlarining ustun turishi, futbol o‘yinidan so‘ng qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar maydonlarni yig‘ishtirib ketadigan yaponiyalik muxlislar… Aslida yapon madaniyatining “ildizlari” Ikudzi nomi bilan mashhur bo‘lgan, asrlar sinovidan o‘tgan ta’lim va tarbiya usulidan “suv ichadi”. “Ikudzi” – ushbu atama yaponlarning bola tarbiyasidagi eng muhim unsurlarni ifodalovchi tushuncha bo‘lib, ana shu xususiyat uni boshqa millat vakillaridan ajratib turadi. Bu nafaqat pedagogik usullarning kombinatsiyasi, balki yangi avlodlarni o‘qitish va o‘z ustida islashga qaratilgan butun bir mexanizmdir.

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada o‘z ustida ishlashni axloq va tarbiya orqali shakllantirish masalasi oila a’zolarinning shaxsiy na’munalari asosida bo‘ladi. Oialada ota-onalar, bobo-buvilar o‘sib kelayotgan avlod uchun haqiqiy na’muna bo‘lishlari, “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim” shiori ostida o‘rgatish;

Ta’lim muassasalarida o‘z ustida ishlashga oid “Mening shaxsiy karieram”, “Shaxsiy rivojlanish”, “Karearani rejalashtirish”, “O‘z ustida ishlashni rivojlantirish” mavzularida maxsus darslar yoki tadbirlar o‘tkazish, bu orqali yosh avlodni mazkur qadriyatning ahamiyati haqida tushuntirish;

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

 “Aqlli-hushyor kishi – o‘z nafsini tergagan va o‘limdan keyingi holat uchun amal qilgan insondir. Ojiz odam – nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan (ko‘p narsalarni) umid qilgan kishidir” (Imom Termiziy rivoyatlari).

 Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga ham chiqmaydi. (O‘zbek xalq maqoli)

Hunar oshxo’rga osh berar, Nonxo’rga — non. (O‘zbek xalq maqoli)

Dangasaning g’ayrati ish bitganda qo’zir. (O‘zbek xalq maqoli)

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Хайди Грант Хэлворсон. Психология достижений. Как добиваться поставленных целей. 2010. https://www.litres.ru/book/haydi-grant-helvorso/psihologiya-dostizheniy-kak-dobivatsya-postavlennyh-c-6133121/

Badiiy kitoblar:

Jeyms Klir. Atom odatlar. Toshkent: Nihol, 2021. https://kitobxon.com/oz/kitob/atom-odatlar

Kel Nyuport. Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari. Toshkent: Nihol, 2020. https://kitobxon.com/oz/kitob/diqqat:-chalgituvchi-dunyoda-muvaffaqiyat-sirlari

Maqolalar:

Taʼlim-tarbiya jarayonida shaxsni muvaffaqiyatga intiluvchanligini shakllantirish. Toʻychiyeva S. https://portal.piima.uz/news/talim-tarbiya-jarayonida-shaxsni-muvaffaqiyatga-intiluvchanligini-shakllantirish

 Working On Yourself Is The Most Important Work. Damien Brenelière https://www.brenel.io/blog/most-important-work  

  Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=WjjKAIVmHZM

https://www.youtube.com/watch?v=lGsuUxTFZVg