Oqilonalik (ratsionallik, donolik) — bu insonning fikrlash jarayonlarida, qarorlar qabul qilishda va harakatlarida mantiqiy va asosli yondashuvni qo’llashi, ya’ni his-tuyg’ularga emas, balki mantiqiy dalillar va faktlarga asoslanishi demakdir. Oqilonalik shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotda muhim rol o’ynaydi, chunki bu insonning muammolarni samarali hal qilishiga, to’g’ri qarorlar qabul qilishiga va o’z hayotini tartibga solishiga yordam beradi.

Oqilonalik oila uchun muhim, chunki bu qadriyat oilaviy qarorlar qabul qilishda vaqt va resurslarni tejash, shoshilinch yoki noto‘g‘ri qarorlardan qochish imkonini beradi. Oqilonalik oilaning farovonligini saqlashda, farzandlarning mas’uliyatli va mustaqil fikrlovchi shaxslar sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu qadriyat oilaviy muammolarni hal qilishda xotirjamlik va mantiqiy yondashuvni targ‘ib qiladi. Oqilonalik odamga murakkab vaziyatlarda to’g’ri qarorlar qabul qilishda ko’maklashadi. Mantiqiy va asosli yondashuv orqali inson xatolardan qochishi va eng samarali yo’lni tanlashi mumkin. Oqilonalik insonning muammolarni aniqlash va ularni hal qilish qobiliyatini oshiradi. Bu fazilat murakkab masalalarni qismlarga ajratish va ularga mantiqiy yondashish orqali samarali echimlar topishga yordam beradi qolaversa,oqilonalik shoshqolokliknin , shoshilinch qarorlar qabul qilish orqali oilaviy beqarorlikka yo‘l qo‘ymaslikda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Oqilonalik oilaviy hayotda tejamkorlik, maishiy ishlarda mehnat taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirish borasida ham muhim qadriyat sanaladi. shuningdek, oqilonalik ko‘p hollarda donishmandlik, bosiqlik, uzoqni ko‘ra bilish, uzoq muddatli rejalar tuzish hamda ularni qat’iy tartib asosida amalga oshirishni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, farzandlarning kelajagini belgilashda oqilona yondashuv ularning istiqbolda o‘z yo‘llarini topishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. farzand tarbiyasida ratsional yondashuv ular jismoniy va psixologik rivojlanishini to‘g‘ri tashkil etishning ustuvor tamoyili bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda bolalar aqliy salohiyatini yuksaltirishda ular bilan suhbatlashish, ularning savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish taqazolanadi.
Mazkur qadriyatning turli madaniyat va davlatlardagi ahamiyati
Germaniyada oqilonalik qadriyati yuqori baholanadi, bu esa mehnatsevarlik va aniq rejalashtirish orqali hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim omil sifatida qaraladi.
Singapurda ratsionallik davlat siyosatida va jamiyatda keng qo‘llanilib, iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarga erishishda asosiy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
Yaponiyada ratsionallik va oqilonalik ishchi kuchi va texnologik rivojlanishda, shuningdek, kundalik hayotda samaradorlikni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Oila qarorlarini qabul qilishda his-tuyg‘ularga berilmaslikka, balki mantiqiy tahlil qilishga o‘rgatish.
Bolalarga resurslarni tejash va oqilona ishlatish ko‘nikmalarini singdirish.
Oilada har bir qaror yoki xaridni muhokama qilib, oqilonalik bilan yondashishning ahamiyatini tushuntirish.
Qadriyatga yo‘naltirilgan maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
«O‘ylab ish qilgan, yutqazmaydi.»
«Ayolning husni pardozi emas, aqlida»
«Achchig`ing chiqsa ham aqling qochmasin.»
«Aql aynimas, oltin chirimas»
«Aql bozorda sotilmas»
«Aql boshlovchi, tana ishlovchi»

Tavsiya etilgan manbalar:
Kitob:
Aliyev, K. (2021). «Ratsional qaror qabul qilish». Toshkent: Ilm nashriyoti.
Maqolalar:
Hindess B. Rationality and modern society //Sociological Theory. – 1991. – Т. 9. – №. 2. – С. 216-227.
Witt M. A., Redding G. Culture, meaning, and institutions: Executive rationale in Germany and Japan //Journal of International Business Studies. – 2009. – Т. 40. – С. 859-885.
Internet saytlari:
https://www.researchgate.net/publication/342258250_Rationalism
Video:
What is Rationalism?: https://youtu.be/m5p8bXkGBu8?si=9Q7vvhAblS1g3Ekt
Noam Chomsky – Empiricism and Rationalism : https://youtu.be/pndR7wrF-bo?si=_k8scMZpbBfO_-4g