Odob (arabcha “adab” so‘zining ko‘pligi) – jamiyatda e’tirof etilgan xulq me’yori. U shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalab, o‘zaro munosabatda, oila, mehnat jamoasida namoyon bo‘ladi. Odob asosini axloqiy tamoyillar, me’yorlar, tarbiyalanganlik darajasi va estetik ideal talablari tashkil etadi. Odob kishining jamoada, oilada o‘zini tutishi, odamlar bilan muomala qilishi, turmush tarzi, bo‘sh vaqtini tashkil etishi, ichki va tashqi olami qanday bo‘lishi lozimligiga oid qoidalarni (masalan, or-nomus, sharm-hayo, iffat, kamtarlik, xushmuomalalik) o‘z ichiga oladi.

Odob va axloq oilaviy munosabatlarning asosi bo‘lib, hurmat va e’tiborni ta’minlaydi. Odoblilik – bu insonning boshqalarga nisbatan ehtiromli, samimiy va axloq-odob qoidalariga rioya qilgan holda munosabatda bo‘lishini anglatadigan muhim axloqiy qadriyatdir. Odoblilik insonning tarbiyasi, madaniyati va uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi. Odobli insonlar jamiyatda hurmatga sazovor bo‘lishadi, ularning o‘zaro munosabatlari esa yanada sog‘lom va samimiy bo‘ladi.

Odoblilik nafaqat shaxsiy, balki oilaviy va ijtimoiy hayotda ham muhim axloqiy fazilat hisoblanadi. Bu qadriyat insonlarni bir-birlariga nisbatan samimiy, hurmatli va mehribon bo‘lishga undaydi, jamiyatda sog‘lom va tinch muhitni ta’minlaydi. Odobli insonlar boshqalar uchun o‘rnak bo‘lib, ijtimoiy hayotning barqarorligiga katta hissa qo‘shadilar.

 

Odoblilik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Vyetnamda odoblilik qadriyati Konfutsiy ta’limoti va Buddizm ta’sirida rivojlangan bo‘lib, insonlarning bir-biriga hurmat ko‘rsatishi, muloyim va samimiy bo‘lishi muhim sanaladi. Vyetnamliklar odoblilikni jamiyatda tinchlik va muvozanatni saqlash vositasi deb biladilar.

Xitoyda odoblilik (“lǐ”) qadriyati Konfutsiy falsafasida muhim o‘rin tutadi va insonlarning o‘zaro hurmat va ehtirom ko‘rsatishlari, axloqiy me’yorlarga rioya qilishlari zarur deb hisoblanadi. Xitoyda odoblilik ijtimoiy tartib va oilaviy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.

Rossiyada odoblilik qadriyati rus xalq an’analari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonning axloqiy pokligi, kamtarligi va boshqalarga nisbatan hurmatli bo‘lishiga urg‘u beradi. Rus jamiyatida odoblilik insoniylikning eng yuqori ko‘rinishi sifatida qadrlanadi.

 

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligini ta’minlash maqsadida odoblilik va boshqa axloqiy qadriyatlarni har bir darsning mazmuniga singdirish;

Oilalarda bolalarni kichik yoshdan odobli va xushxulqli bo‘lishga o‘rgatish uchun ota-onalar uchun maxsus maslahat kurslari o‘tkazish;

Ish joylarida xodimlar orasida odoblilik va axloqiy me’yorlarni mustahkamlash uchun treninglar va jamoaviy tadbirlar o‘tkazish, tashkilotlarning korporativ madaniyati hamda odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish;

Ommaviy axborot vositalari orqali odoblilik qadriyati va ijtimoiy normalar haqida ijtimoiy roliklar va ko‘rsatuvlar tayyorlash;

Yoshlar orasida axloqiy va madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilish uchun madaniy tadbirlar, anjumanlar va forumlar o‘tkazish.

 

Qadriyatga yo‘naltirilgan maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

“Bola — aziz, odobi undan aziz.”

“Inson — odobi bilan,

Osmon — oftobi bilan.”

“Odobli o‘g‘il — ko‘kdagi yulduz,

Odobli qiz — yoqadagi qunduz.”

“Husn husn emas, odob husn.” (o‘zbek maqollari)

“Odob – insoniylikning bezagidir.” (Xitoy maqoli)

“Kim odobli bo‘lsa, hurmatga sazovor bo‘ladi.” (Vyetnam maqoli)

“Axloqiy poklik – qalbning eng chiroyli libosidir.” (Rus maqoli)

“Odobli bo‘lish – har qanday jamiyatning asosidir.” (Xitoy hikmati)

“Odob va ehtirom bilan yurilgan yo‘l har doim muvaffaqiyatga olib boradi.”

“Biz o‘zimizda boodoblik tuyg‘usini rivojlantirmog‘imiz kerak, aks holda, kishilar hurmatini qozonib olgach, uni tezda boy berib qo‘yishimiz ham mumkin. Bu saboq kishiga nihoyatda qimmatga tushadi va afsuski, o‘z avlodini ham bu og‘ir qarzdan qutqarolmaydi.” (I.Gyote)

“Boodoblik yordamida hattoki kuch bylan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabaga ham erishish mumkin.” (J.Lebbok)

Tavsiya etilgan manbalar:

Kitoblar:

Falsafa. Qomusiy lug’at. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2004. – 496 bet.

Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – 760 bet.

Аристотель. Этика. Мудрость – самая точная из наук / Аристотель —«Эксмо», 2018 — (Великие идеи). https://avidreaders.ru/book/nikomahova-etika.html

Immanuel Kant. Groundwork For The Metaphysics Of Morals. Yale University Press. – 2000. pp. 206. https://archive.org/details/immanuel-kant-groundwork-for-the-metaphysics-of-morals/mode/2up

Badiiy kitoblar:

Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (roman). Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018. – B. 212. https://elib.buxdupi.uz/books/O’tkan%20kunlar%20Abdulla%20Qodiriy.pdf

Jeyn Ostin. Andisha va g’urur (roman). Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – B. 404. https://e-library.sammu.uz/ru/book/502

Fedor Dostoevskiy. Jinoyat va jazo (roman). Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. – B. 856. https://kitobxon.com/oz/kitob/jinoyat_va_jazo

Оскар Уайльд. Портрет Дориана Грея / The Picture of Dorian Gray. — Москва: АСТ, 2014. — cт. 157. https://litportal.ru/download/avtory/oskar-uayld/kniga-portret-doriana-greya-the-picture-of-dorian-gray-6686885-690560.html

Maqolalar:

The Concept of Propriety in Confucian Thought” (Konfutsiy ta’limotida odoblilik haqida ilmiy maqola).

Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=Y2gUUqMXZ4M

https://mover.uz/watch/eGRTLKMm