Ochiq ko‘ngillik – bu hammaga birdek munosabatda bo‘lish, samimiylik, hilm. Ochiqko‘ngillik – yumshoq muomalalik, dunyo ishlarida ga’zablanmaslik odam farzandi uchun eng go‘zal fazilatlardan biri.

Ochiq ko‘ngillik (samimiylik yoki hilm) insonning eng qimmatli fazilatlaridan biridir. Bu so’zning sinonimi halollik, rostgo’ylik kabi tushunchalardir. Samimiylik – bu haqiqiy his-tuyg’ular va ularning so’zda va xatti-harakatlarda qanday namoyon bo’lishi va boshqalarga taqdim etilishi o’rtasida hech qanday qarama-qarshiliklar mavjud emasligidir. Xushmuomala va boshqalarning his-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish, albatta, muhim, lekin sodir bo’layotgan voqealarni yashash va hayot yo’limizdagi voqealarni ichki yoki muloqot orqali amalga oshirish qobiliyati kabi muhimdir.

Ochiq ko‘ngillik natijasida odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi, hilm tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.

Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi… Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay. (Alisher Navoiy)

Turli millatlarda ochiq ko’ngillikning aks ettirilishi

Janubiy Koreyaliklar biron narsani bir insonga chin ko’ngildan berishmoqchi bo’lishsa, uni ikki qo’l bilan berishar ekan. Agar bitta qo’l bilan berilsa, uni rozi bo’lmasdan berish belgisi hisoblanar ekan.

Yaponiyaliklar doim bir birlariga tabassum bilan yuzlanar ekanlar. Bu ham ochiq ko’ngillik va samimiyat belgisi hisoblanadi.

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada ochiq ko‘ngil bo‘lishga har bir inson harakat qilmog’i va bunga alohida e’tibor qaratilmog’i lozimdir.

Ta’lim muassasalarida ochiq ko‘ngillilik mavzusida maxsus darslar yoki tadbirlar o‘tkazish, bu orqali yosh avlodni mazkur qadriyatning ahamiyati haqida tushuntirish.

Har qanday vaziyatda barcha insonlarga samimiy va tabassumli bo‘lish kerak.

Ochiq ko‘ngillilikka taalluqli maqollar:

 Keng bo‘lsang, kam bo‘lmaysan.

Ko‘ngli ochiqning — yo‘li ochiq.

Ko‘ngli ochiqning — qo‘li ochiq,

Qo‘li ochiqning — yo‘li.

Ko‘ngling keng bo‘lsa, hujra ham saroy.

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Tafsiri hilol. -Toshkent: Sharq NMAK. 2009-yil.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Ruhiy tarbiya. – Toshkent: Hilol nashr nashriyot matbaasi. 2023-yil.

Tohir Malik, Ko’ngil nimadan qorayadi. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2014-yil.