Nizolarni hal qilish – muammoli, nizoli, ziddiyatli yoki inqirozli holatlarni bartaraf etish bilan bog’liq qobiliyat. Nizo – qarama-qarshi maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar va qarashlar to‘qnashuvi. Har bir oila hayoti davomida muammoli vaziyatlarga duch keladi, ularni hal qilish qarama-qarshi individual ehtiyojlar, motivlar va manfaatlar kontekstida amalga oshiriladi. 

Oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodlari qarama-qarshi bo‘lsa, nizo yuzaga kelishi mumkin. Ba’zida odamlar bir-birini noto‘g‘ri tushunib, noto‘g‘ri xulosaga kelishganda nizolar paydo bo‘lishi mumkin. Tinch yo‘l bilan hal etilmagan mojarolar janjal va norozilikka olib kelishi mumkin.

Vaqti-vaqti bilan er-xotinning bir-biri bilan kelishmovchilik qilishi odatiy holdir. Zero, nizolar oilaviy hayotning bir qismidir. Biroq davomli ziddiyat munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Ba’zi odamlar o‘zlarining his-tuyg‘ularini boshqarishda qiynaladilar va qasddan xafagarchilikka, tajovuzkor yoki hatto zo‘ravonlikka aylanishadi.

Nizolarni hal qilishda nafaqat muammolarga yo‘l qo‘ymaslik, balki ularni hal qilish ham zarur. G‘alaba qozonish yoki himoya qilish uchun emas, balki hal qilish maqsadida konstruktiv va xotirjam muloqot qilish juda muhim. Uchinchi shaxslarni nizoga jalb qilish tavsiya etilmaydi, chunki ular mojaroning keyingi yechimi uchun katalizator bo‘lishi mumkin.

Nizolarni hal qilish boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uelsida yashovchi tub aholisining hayot falsafasi ruhiy ajdodlar tajribasiga asoslanib, ular bilan aloqa vahiy yoki tushlar orqali amalga oshiriladi. Ular hamma narsa hamma narsa bilan bog‘liq va hech kim boshqasining yordamisiz yashay olmaydi, deb hisoblashadi. Ajdodlar donoligi Viradjuri xalqining madaniy o‘ziga xosligi uchun muhim sanaladi va marosimlar, qo‘shiqlar va og‘zaki tarix orqali avloddan avlodga o‘tadi. Ularda dunyoning yaratilishi, tabiat va insoniyat qonunlari, hayot qoidalari, oilaviy munosabatlardagi xatti-harakatlar va nizolarni hal qilish, shuningdek, sherik tanlash va turmush qurish qoidalari haqida bilimlar mavjud.

G‘arbiy Afrikadagi Kpelle xalqida suhbat orqali bir-biriga quloq solish an’anasi mavjud. Nizolarni hal qilishning bu usuli sud majlislari majburiy bo‘lgan va tomonlarning fikri qat’iy bayonnoma bo‘yicha ifodalanadigan rasmiy sudlardan farq qiladi. “Suhbat”da oqsoqol ziddiyatli tomonlar, ularning qarindoshlari va mahalladagi qo‘shnilarining fikrlarini inobatga olishni o‘z ichiga oladi. Yig‘ilganlarning maqsadi – har ikki tomondan ma’lumot olish, his-tuyg‘ular va nuqtayi nazarlar haqida bahslashayotgan turmush o‘rtoqlarning suhbatini tinglash, sabab va oqibatlarni diqqat bilan tahlil qilish va yarashtirish uchun murosa topish.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:

Dunyodagi va inson qalbidagi barcha nizolar uning yuragidan o‘tib, bizga mazmunli va tushunarli tarzda qaytadi. Va tushunarli narsa endi qo‘rqinchli emas. (E.Fromm)

Har qanday kundalik mojaro har doim qadriyatlar to‘qnashuvidir. (A.Duvarov)

Mojaroli vaziyatlar muqarrar, ammo aqlli odam undan chiqish yo‘lini izlaydi, ahmoq esa kirish yo‘lini qidiradi. (V.Gubarev)

Bir kun urush bo‘lgan uydan qirq kun baraka ko‘tarilar.

Bir kunlik janjal qirq kunlik rizqni olar.

Janjalli joyda og‘zingni ochma. (O‘zbek xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Зверева Нина. «Семья что надо». https://www.litres.ru/book/nina-zvereva/semya-chto-nado-44035178/chitat-onlayn/

Разрешение семейнқх конфликтов // https://iss-ssi.org/storage/2023/03/Guide_RUS.pdf

Maqolalar:

Крик, молчание, разговор: как решают семейные конфликты в России и других странах // https://dzen.ru/a/ZWMl0_l6NVo1CbjO

Videolar:

https://yandex.ru/video/preview/15523269293679831573

https://yandex.ru/video/preview/641468538115316695