Nekbinlik yoki optimizm – bu hayotdagi voqea va holatlarni yaxshi tomonini ko‘rib, kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga ishonish tushunchasidir. Nekbin insonlar har qanday qiyinchilikda ham imkoniyat va yaxshi tomonni ko‘ra oladi. Optimizm insonning ichki kuchi bo‘lib, unga hayotdagi to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam beradi va ruhiy mustahkamlikni oshiradi. Bu tushuncha, asosan, har qanday holatda yaxshi natijaga umid qilish va ijobiy fikrlashni o‘z ichiga oladi.

Nekbinlik oilaviy hayotda katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning nekbinlikni namoyon qilishi farzandlarning ruhiy holatiga va tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila a’zolari bir-biriga ishonch va dalda berish orqali oilaviy birdamlikni mustahkamlaydi va oilaning umumiy kayfiyatini yaxshi tomonga o‘zgartiradi.

Nekbinlik oiladagi har bir muammoni imkoniyat sifatida qabul qilish va uning ijobiy yechimlarini izlashda yordam beradi. Farzandlar ota-onalaridan ijobiy fikrlashni o‘rgansa, ularning kelajakdagi muvaffaqiyat va hayotga bo‘lgan ishonchi kuchayadi. Oilaviy muammolarni nekbinlik bilan yengib o‘tish farzandlarda ruhiy mustahkamlik va jasorat kabi fazilatlarni rivojlantiradi.

 

Nekbinlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Yaponiya madaniyatida nekbinlik ishdagi barqarorlik va mehnatsevarlik bilan uyg‘unlashgan. Ota-onalar farzandlariga doim harakatda bo‘lish va kelajak uchun yaxshi umid qilish zarurligini o‘rgatishadi.

Germaniyada nekbinlik rejalashtirish va aniq maqsadlarga erishish bilan bog‘liq. Oilalar farzandlariga har bir maqsad uchun reja tuzib, ijobiy fikrlash orqali muvaffaqiyatga erishish yo‘lini ko‘rsatadilar.

Amerikada nekbinlik individual muvaffaqiyat va mustaqillik bilan bog‘lanadi. Ota-onalar farzandlariga o‘z qobiliyatlariga ishonishni va kelajakda yaxshi natijalarga erishish uchun mehnat qilishni o‘rgatadilar.

Xitoyda nekbinlikning asosiy elementi – sabr va bardoshlikdir. Ota-onalar farzandlarini tinimsiz harakat va nekbinlik orqali kelajakdagi yaxshi natijalarga intilishga undaydilar.

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada ijobiy energiya va quvnoq muhitni yaratish, bir-birlariga qo‘llab-quvvatlash berish orqali nekbinlikni mustahkamlash;

Ta’lim muassasalarida nekbinlik va ijobiy fikrlash bo‘yicha darslar va treninglar tashkil etish. O‘quvchilarga har qanday holatda yaxshi tomonini ko‘ra bilish ko‘nikmalarini o‘rgatish;

Talabalarni qiyin loyihalar va muammolarni nekbin yondashuv orqali hal qilishga undash.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

“Yomon kelsa — buzar,

Yaxshi kelsa — tuzar.”

“Yaxshiga umid bog‘la, yomonni unut.”

“Har qanday qorong‘ilikning ortida yorug‘lik bor.”

“Qiyinchilik o‘tadi, baxt yetadi”.

“Umid – insonga qanot beradi.” (O‘zbek xalq maqollari)

“Tushkunlik qorong‘ulik, umid esa yorug‘likka olib boradi.” (Yapon xalq maqoli)

“Har bir quyosh chiqishi bilan yangi kun boshqacha bo‘ladi” (Nemis xalq maqoli)

“Har qanday tunning oxiri tong otadi” (Fransuz xalq maqoli)

Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” (“Avesto”dan)

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Falsafa. Qomusiy lug’at. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2004. – 496 bet.

Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – 760 bet.

Seligman, M. Learned Optimism: How to Change Your Mind and Your Life. – Vintage, 1991.

Peterson, C. The Psychology of Optimism and Pessimism. – Oxford University Press, 2000.

Badiiy kitoblar:

G‘afur G‘ulom. Shum bola. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi – 2018. https://kitobxon.com/oz/kitob/shum-bola-2018

Paulo Koelo. Alkimyogar. Toshkent: Yangi asr avlodi – 2013. https://kitobxon.com/oz/kitob/alkimyogar

Mark Tven. Tom Soyerning sarguzashtlari. Toshkent: Sharq – 2015. https://kitobxon.com/oz/kitob/tom-soyerning-sarguzashtlari

Maqolalar:

Carver C. S., Scheier M. F. Optimism //Encyclopedia of quality of life and well-being research. – 2024. – С. 4849-4854.

Segerstrom S. C., Carver C. S., Scheier M. F. Optimism //The happy mind: Cognitive contributions to well-being. – 2017. – С. 195-212.

Ильин Е. П. Психология надежды: оптимизм и пессимизм. – Питер, 2017.

Джидарьян И. Психология счастья и оптимизма. – Litres, 2022.

Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=HwLK9dBQn0g

https://www.youtube.com/watch?v=FrqBWQ-mVEc