Mehmondo‘stlik – ma’naviy fazilat sifatida mehmonnavozlik va mehmon kutishni odatga aylantirishni ifodalaydigan tushuncha.

Mehmondo‘stlik barcha millatlarga va elatlarga xos. Biroq bu xususiyat turli millatlarda turli darajada namoyon bo‘ladi. Mehmondo‘stlik xususiyatining muayyan xalqda rivojlanishi o‘sha xalqning o‘tmishi, tarixiga bog‘liq. Mehmondo‘stlikka alohida hurmat bilan qaralishi mehmon kutish odobi, rasm-rusumlariga katta e’tibor berilishida ham namoyon bo‘ladi. Bunda mehmonni kutib olishdan kuzatgunga qadar, mezbon o‘zini qanday tutishi kerakligi va qoidalari batafsil ishlab chiqilgan. Mehmondo‘stlikda mehmonni ochiq yuz bilan kutib olish va kuzatish juda muhim ekani ko‘p maqollar, hikmatlar va badiiy asarlarda alohida ta’kidlanadi.

Mehmondo‘stlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Tatar oilasi mehmonning uyga kelishida yaxshi belgini ko‘radi, unga nisbatan hurmat va ehtiromda bo‘ladi. Tatarlar mehmonlarga juda ehtiyotkor, g‘amxo‘r va muloyim munosabatda bo‘lishadi. Ular dasturxonni did bilan yasatishga harakat qiladilar va ularga turli xil taomlar bilan saxovatli munosabatda bo‘ladilar.

“Mehmon – Xudoning elchisi”, deydi gruzin maqolida. Ko‘p asrlar davomida gruzin xalqi o‘ziga xos mehmondo‘stlik an’analarini yaratgan. Mehmonga, an’anaviy bazmga cheksiz hurmat va mehr ota-onadan bolalarga o‘tib kelgan.

Qozoqlar ham hayratlanarli darajada ochiq va do‘stona odamlardir. Ularning ko‘pgina urf-odatlari xuddi shu narsani aks ettiradi. Masalan, “erulik” urf-odatini olaylik. Bu barcha yangi kelganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatililadigan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining odatidir.

Mehmondo‘stlik qadriyatiga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar

 Mehmonning o‘zi ham mehmon, so‘zi ham mehmon.

Меhmon – otangdek ulug‘.

O‘zi kelgan mehmon — atoyi xudo.

Chaqirib kelgan mehmon — gadoyi xudo. (O‘zbek xalq maqollari)

Mehmon – uyingizga kirgan baxt, unga ko‘rsatgan hurmatingiz esa, sizning darajangizni belgilaydi. (Mahatma Gandi)

Mehmon uyingizda, hurmat esa qalbingizda bo‘lsin. (Konfutsiy)

Mehmondo‘stlik – bu o‘zga qalbni hurmat qilishning eng yuksak ko‘rinishidir. (Khalib Jibran)


Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Jabborov I. O‘zbeklar: turmush tarzi va madaniyati. T.: O‘qituvchi, 2003. – 208 bet. https://kitobxon.com/oz/kitob/ozbeklar-turmush-tarzi-va-madaniyati

Badiiy kitoblar:

Mahmudov K. “Mehmonnoma” T.: Yosh gvardiya, 1989. – 240. https://kitobxon.com/oz/kitob/mehmonnoma

Maqolalar:

Eshankulova Sh. “O‘zbek tilidаgi “mehmondo‘stlik” konseptli mаqollаrning lingvokulturologik xususiyаtlаri” // https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilidagi-mehmondo-stlik-konseptli-maqollarning-lingvokulturologik-xususiyatlari

Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik // https://oyina.uz/uz/teahause/1964

Videolar:

https://www.youtube.com/watch?v=tkkrZn1RCeY