Madaniy merosni asrash – bu jamiyatning madaniy, tarixiy va an’anaviy boyliklarini saqlab qolish va avlodlarga yetkazish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmuasidir. Madaniy meros, avvalo, milliy va mintaqaviy an’analar, til, san’at, me’morchilik, adabiyot va boshqa madaniy ifodalar orqali namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston uch ming yillik ulug‘vor va muhtasham tarixga ega. Yurtimizda jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan hamda yaratilgan. Ayniqsa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirga. Ana shunday ulug‘vor va boy madaniy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va uni ommalashtirish bo‘yicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan juda katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan bir qator tashabbuslari ichida xalqimiz madaniyati va tarixini ommalashtirishga qaratilgan madaniy forum o‘tkazish taklifi xalqaro hamjamiyat, hususan YUNESKO tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda nafaqat yodgorliklarni tiklash ishlari orqali madaniy merosni saqlashga, balki milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga va jahon madaniyatida tan olinishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ming yillar mobaynida, minoralar va qadimiy gumbazlar ko‘plab shaharlarning tashrif qog‘ozi, shahar manzaralari, ularning diniy va ma’rifiy muassasalari – masjid va madrasalarining go‘zal aksiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 61-moddasida quyidagicha keltirilgan.
“Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.”
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Oilada, bolalarga madaniy meros, uning ahamiyati va tarixiga oid ma’lumotlarni berish uchun o‘gitlar haqida aytib berish. Ushbu tarbiyasviy usulda mahalliy an’analar, urf-odatlar va madaniy qadriyatlar haqida so‘z yuritish.
Ta’lim muassasalarida madaniy merosning ahamiyatini tushuntiradigan darslar, seminarlar va master-klasslar o‘tish. Bu ijodiy faoliyatlar orqali o‘z madaniyatimizni o‘rganish juda muhim, konsertlar, ko‘rgazmalar, an’anaviy festivallar va boshqa tadbirlar orqali madaniy merosni namoyish etish, madaniy merosni asrab-avaylash jarayonida ko‘ngilli sifatida qatnashish imkoniyatlarini taklif etish.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
El qudrati — chin qudrat,
vatan tuprog‘i — qimmat.(O‘zbek xalq maqoli)
O‘zga yurtning gulidan,
o‘z yurtingning cho‘li yaxshi. (O‘zbek xalq maqoli)
El tilagin tilagin, siniq ko‘nglin siylagin. (Qirg‘iz xalq maqoli)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Odamiylik mulki (Tohir Malik). https://kitobman.uz/books/odamiylik-mulki-978-9943-6045-7-5/
Badiiy kitoblar:
Turkiston qayg‘usi (Alixonto‘ra Sog‘uniy) https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/turk/alixontora-soguniy-turkiston-qaygusi.html
Videolar:
https://www.youtube.com/watch?v=uPrwEFRv6PY
https://www.youtube.com/watch?v=1yfV2TwLqsk