Hamkorlik — turli millat, irq va dinga mansub kishilar hamda guruhlarning umumiy maqsad yoʻlidagi maʼnan birlashuvini ifodalaydi.

Hamkorlikning asosiy elementi bu umumiy maqsad yoki vazifa bo‘lib, unga erishish uchun hamkorlar birgalikda harakat qiladilar. Barcha ishtirokchilar umumiy maqsadni tan olgan holda, unga erishish uchun o‘z hissalarini qo‘shadilar. Hamkorlik samarali kechishi uchun ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lishi kerak. Ishonch har bir ishtirokchining o‘z vazifalarini bajarishiga va umumiy maqsadga sodiq bo‘lishiga yordam beradi. Hamkorlik doirasida ishtirokchilar o‘z resurslarini – bilim, vaqt, mablag‘, texnologiya yoki boshqa resurslarni – birgalikda ishlatishlari mumkin. Bu resurslarni birlashtirish orqali umumiy maqsadga erishish osonroq bo‘ladi. Hamkorlik jarayonida ishtirokchilar bir-biriga yordam berishadi va qo‘llab-quvvatlaydilar. Bu nafaqat umumiy maqsadga erishishni osonlashtiradi, balki ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Hamkorlik samarali bo‘lishi uchun muloqot va muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashishlari, vazifalarni taqsimlashlari va jarayonlarni muvofiqlashtirishlari kerak. Oilaviy kontekstda hamkorlik oila a’zolarining birgalikda ishlashlari, kundalik masalalarni hal qilishda va maqsadlarga erishishda bir-birini qo‘llab-quvvatlashlarini anglatadi.
Hamkorlik orqali har bir ishtirokchi o‘z bilimlari, tajribalari va resurslarini qo‘shib, umumiy maqsadga muvaffaqiyatli erishishi mumkin. Bu, ayniqsa, murakkab va keng qamrovli loyihalar uchun juda muhimdir. Hamkorlik turli xil fikrlar va yondashuvlarni birlashtirish orqali yangi g‘oyalar va innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Har bir ishtirokchining hissasi umumiy yechimlar va yangi imkoniyatlar yaratishga ko’maklashadi. Hamkorlik ishtirokchilarga resurslardan o’zaro samarali foydalanish imkonini beradi. Barcha ishtirokchilar o‘z resurslarini birlashtirib, umumiy maqsadga kamroq vaqt va mablag‘ sarflab erishishlari mumkin. Hamkorlik ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. O‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash orqali ishtirokchilar bir-biriga bo‘lgan ishonchini oshiradi va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlaydi. Hamkorlik jamiyatda va iqtisodiyotda rivojlanishni ta’minlaydi. Korxonalar, tashkilotlar va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik innovatsiyalarni, iqtisodiy o‘sishni va ijtimoiy farovonlikni oshiradi. Hamkorlik oila uchun muhim, chunki u oila ichidagi birlik va bir-biriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Hamkorlik orqali oila a’zolari o‘zaro yordam va mas’uliyatni baham ko‘rishadi, bu esa oilaning barcha a’zolariga muvaffaqiyatli va barqaror hayot kechirishda yordam beradi. Farzandlarga hamkorlikni o‘rgatish ularning kelajakda jamoaviy ishlarda muvaffaqiyat qozonishlari va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlariga xizmat qiladi.
Mazkur qadriyatning turli madaniyat va davlatlardagi ahamiyati
Germaniyada hamkorlik qadriyati juda yuqori baholanadi va bu jamiyatda jamoaviy ishlar, ishchi munosabatlar va hamkorlik loyihalarida muhim o‘rin tutadi.
Janubiy Koreyada hamkorlik qadriyati «jeong» tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi iliq munosabatlar va o‘zaro yordamga katta e’tibor qaratiladi.
Skandinaviyadagi davlatlarda, masalan, Daniyada hamkorlik qadriyati jamiyatdagi tenglik va adolat tamoyillari bilan bog‘liq bo‘lib, bu jamoaviy hayotda muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar :
Oila ichida mas’uliyatlarni taqsimlab, har bir a’zoning hissa qo‘shishini ta’minlang.
Farzandlarni jamoaviy ishlarga jalb qiling va ularga birgalikda ishlashning ahamiyatini tushuntiring.
Oilaviy qarorlar qabul qilishda barcha a’zolarning fikrini tinglash va umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlashni targ‘ib qiling.
Qadriyatga yo‘naltirilgan maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar :
«Birlikda kuch bor»
«Birgalikda qilinadigan ish — yarim tayyor»
«Hamkorlikda ishlash — muvaffaqiyat kaliti»
«Bugun sizdan ertaga bizdan»
«Do`sting bilan dildosh bo`l, qilar ishiga qo`ldosh bo`l »
«Yolg`iz aql o`zi yaxshi, ikki bo`lsa yana yaxshi »
«Keng to`n to`zimas, maslahatli to`y tarqamas »
«To`rtovlon tugal bo`lsa, unmaganni undirar, oltovlon ola bo`lsa og`zidagini oldirar »

Tavsiya etilgan manbalar:
Maqolalar:
Gächter S., Herrmann B., Thöni C. Culture and cooperation //Philosophical Transactions of the Royal Society B: Biological Sciences. – 2010. – Т. 365. – №. 1553. – С. 2651-2661.
Yang I. Jeong exchange and collective leadership in Korean organizations //Asia Pacific Journal of Management. – 2006. – Т. 23. – С. 283-298.
Internet saytlari:
https://digital.library.unt.edu/ark:/67531/metadc4962/m2/1/high_res_d/dissertation.pdf
https://repository.library.northeastern.edu/files/neu:m0472464q/fulltext.pdf
https://deepblue.lib.umich.edu/bitstream/handle/2027.42/108866/funk_1.pdf
Videolar:
The power of collaboration: Dr. Shelle VanEtten de Sánchez at TEDxABQWomen:
https://youtu.be/VmQVNE-MbKI?si=5VVTuqpZSWgcYejn
Good Teamwork and Bad Teamwork – Teamwork Motivational Video: