Hamjihatlik – bu guruh, jamoa yoki jamiyat a’zolarining umumiy maqsad, manfaat yoki g‘oyalar atrofida birlashishi va o‘zaro hamkorlik qilish holatidir. Bu tushuncha asosan ijtimoiy hamkorlik, birdamlik va o‘zaro anglashuvga asoslanadi.

Hamjihatlik, odatda, jamiyatda, tashkilotlarda yoki oilada muhim o’rin tutib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi. Hamjihatlik yoki hamfikrlilik — bu jamoa yoki oila a’zolarining umumiy maqsad va intilishlar yo‘lida bir fikrda bo‘lib, bir yo‘nalishda harakat qilishlarini nazarda tutuvchi tushuncha hisoblanadi. Oilada hamjihatlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida o‘zaro tushunish va kelishuv mavjud bo‘lishi, qarorlar qabul qilishda bir fikrga kelish va oila farovonligi yo‘lida birgalikda harakat qilishni anglatadi.
Hamjihatlik oila uchun muhim, chunki bu qadriyat oila a’zolari o‘rtasida kelishuv, birdamlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlaydi. Hamfikrlilik orqali oila ichidagi nizolar kamayadi, barcha a’zolar o‘zlarini muhim va zarur his qilishadi. Bu qadriyat oilaning birgalikda muvaffaqiyatga erishishida va farzandlarga jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini singdirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur qadriyatning turli madaniyat va davlatlardagi ahamiyati
Yaponiyada hamjihatlik qadriyati «wa» (jamoaviy birdamlik) kontseptsiyasi orqali namoyon bo‘lib, bu jamiyat va ish joylarida muhim o‘rin tutadi.
Skandinaviyadagi davlatlarda, masalan, Shvetsiyada hamfikrlilik jamoa hayotida muhim qadriyat bo‘lib, bu orqali jamiyatning ijtimoiy muvozanati ta’minlanadi.
Xitoyda esa hamjihatlik Konfutsiy ta’limotida asosiy tamoyil sifatida qaraladi va bu qadriyat oila va jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Oilada har bir a’zo fikrini hurmat qilish va umumiy qarorlar qabul qilishda hamjihatlikka rioya qilish.
Bolalarga bir jamoa sifatida ishlashning ahamiyatini o‘rgatish va ularni turli guruh faoliyatlariga jalb qilish.
Oilaviy uchrashuvlar o‘tkazib, unda barcha a’zolarni tinglash va umumiy kelishuvga erishishni odat qilish.
Qadriyatga yo‘naltirilgan maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
«Birlikda kuch, hamjihatlikda baraka»
«Jips bo‘lgan jamoa — g‘alabaga erishadi
«Hamfikrlilik — muvaffaqiyatning kaliti»
«Boylik boylik emas, birlik boylik »
«Arg`amchiga qil quvvat»
«Axil ishlasang ish unar, har mushkul oson bo`lar »
«Birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar »
«Kuch – birlikda»

Tavsiya etilgan manbalar:
Kitoblar:
Oila psixologiyasi [Matn] : o‘quv qoMlanma / D. Abdullaeva, R. Yorqulov,N. Atabaeva -Toshkent:TafakkurBo‘stoni, 2015.-256-b. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/07/NamDU-ARM-4770-Oila_psixologiyasi.pdf
Azevedo A. L. B. The role of individualism and collectivism as predictors of attributions for unethical work behavior: An empirical examination across two culturally diverse groups : dissertation. – Florida International University, 1997.
Yoon K. I. Political culture of individualism and collectivism : dissertation. – university of Michigan, 2010.
Maqolalar:
Wierzbicka A. Japanese key words and core cultural values1 //Language in society. – 1991. – Т. 20. – №. 3. – С. 333-385.
Lloyd C., Hannikainen M. Social Cohesion and Welfare States. – Routledge.
Internet saytlari:
https://uz.cosmeticn.ru/3415-what-is-needed-for-harmony-in-the-family.html