Eʼtiqodlilik – dunyoqarash, shaxs, jamoa, guruh va jamiyat aʼzolarini maʼlum bir gʻoya, taʼlimot yoki dinga qatʼiy ishonish asosida uni haq deb bilib, shu taʼlimot toʻgʻrisidagi tasavvur va bilimlarni tashkil qiladi. E’tiqod – (arabcha – i’taqoda) ishonch, iymonli bo‘lish degan ma’nolarni anglatadi. Inson shu gʻoyani yoki dinni oʻzining faoliyat dasturi deb hisoblaydi.

Eʼtiqod erkinligi butun jahon jamiyatida qonunan himoya qilinadi. E’tiqod erkinligi har bir shaxs uchun jamiyatda yashashi uchun muhim rol o’ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida quyidagi tarzda belgilab qo‘yilgan:
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:
Kishining faoliyati g‘oya bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, qup quruq va g‘aribdir. (N.G. Chernishevskiy)
E’tiqod o‘zimizniki bo‘lgani uchun emas, balki haqqoniyligi uchungina qimmatlidir. (V.G. Belinskiy)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Olam va odam, din va ilm” (Diniylik va dunyoviyliklik ilmlari bilan bog‘liq).
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq.
Badiiy kitoblar:
Abdulqodir Abdur Rahim ” E’tiqod durdonalari” (E’tiqod masalasiga oida fikrlar jamlanmasi).
Maqolalar:
D.U.Atadjonova. Imom Moturidiy va Abul Muin Nasafiylarning ma’naviy-axloqiy merosida ilmga va e’tiqodga munosabatning tarbiyaviy ahamiyati.
Videolar: