Ehtiyotkorlik – bu hayotning turli jabhalarida, xususan, ishda, shaxsiy hayotda va ijtimoiy munosabatlarda xavflarni boshqarish va oldini olish uchun kerakli bo’lgan harakatlar to’plamidir. Ehtiyotkorlik, avvalo, kishining o’zini va boshqalarni himoya qilish, sog’likni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amal qilinadi.

Masalan, ish joyida ehtiyotkorlik ko’rsatmalarga amal qilish, xavf-xatarlardan qochish, zaruriy himoya vositalarini ishlatish kabi elementlarni o’z ichiga oladi. Shaxsiy hayotda esa, ehtiyotkorlik ko’pincha ma’lum bir vaziyatlarda to’g’ri qarorlar qabul qilish, noxush vaziyatlardan qochish va o’z salomatligini saqlashga qaratilgan harakatlar bilan bog’liq.

Ehtiyotkorlik ijtimoiy hayotda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Masalan, boshqalar bilan munosabatlarda to‘g‘ri va hurmatli bo‘lish, o‘z fikr va xatti-harakatlarimizni o‘ylab, boshqalarga nisbatan ehtiyotkor yondashish muhimdir. Bu bilan biz, boshqalarning his-tuyg‘ularini  hurmat qilgan holda, ijtimoiy muhitni yaxshilashga hissa qo‘shamiz.

Bizning xalqimizda “Yetti o‘lchab, bir kes” naqlida ehtiyotkorlikka undaydigan maqol mavjudki, uning ma’nosi, harakatni amalga oshirishda ehtiyotkorlik va diqqatni talab etishdir. Boshqacha qilib aytganda, ishni boshlab qo’ymasdan oldin, uning natijalarini, imkoniyatlarini va xavflarini o’ylash lozimligini ifodalaydi. Bu tavsiya, hayotda yo’l qo’yiladigan xatolarni kamaytirishga yordam beradi.

Umuman olganda, ehtiyotkorlik – bu hayotimizni yanada xavfsiz, barqaror va muvaffaqiyatli qilishga yordam beradigan muhim prinsipdir. Har bir kishi o’z hayotida ehtiyotkorlikni qo’llab-quvvatlab, nafaqat o’zini, balki atrofidagilarni ham himoya qilishi zarur.

“O’zingni ehtiyot qil, qo’shningni o’g’ri tutma” maqoli ham ehtiyotkorlikka yaqqol namunadir. Bu maqol o’z-o’zidan ehtiyotkor bo’lishning va boshqalarga ishonishda ehtiyotli bo’lishning muhimligini ta’kidlaydi. Hayotda har qanday vaziyatda ehtiyotkorlik va ongli qarorlar qabul qilish juda muhim.

Ehtiyotkorlik qadriyati sifatida

Fransuz xalqi tarixiga nazar tashlasak ehtiyotkorlik, nazorat va ehtimollarga nisbatan yondoshuvlari bilan tanilgan. Bu madaniyatda ehtiyotkorlik, juda ko’p hollarda, rang-barang hayotiy vaziyatlarni oldini olish va oldindan ko‘ra bilishni anglatadi.

Xitoyda ehtiyotkorlik tushuncasi har bir inson uchun “ijtimoiy mas’uliyat” bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy mas’uliyat har bir harakatning alohida shakli bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi muloqotlarda ham ehtiyotkorlikdan foydalaniladi. Bunda “Yumshoq kuch” tushunchasidan foydalanishadi.

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada ehtiyotkorlik atamasi oilaviy munosabatlar va faoliyatlarda ehtiyotkorlik va mas’uliyatni anglatadi. Oila ichidagi har bir a’zo bir-birini hurmat qilishi, bir-biriga yordam berishi va bir-birining his-tuyg’ularini hisobga olishlari muhimdir. Ehtiyotkorlik, oila a’zolari o’rtasida ishonch, yaqinlik va farovonlikni saqlab qolishga yordam beradi.

Ta’lim muassasalarida— bu o’quv jarayonida talabalarning xavfsizligini, salomatligini va ruhiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan muhim masala. Ehtiyotkorlik insonni yuksaltiruvchi sifat ekanligi haqida tushuntirish talab etiladi.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

Ishonmagin do’stingga, Somon tiqar po’stingga.

Tilingni botir qilma,

O’zingni botil qilma.

Tomog’ingga qiltanoq ketsa,

Ayronni ham chaynab ichasan.

Aytmas yerda og’zingni tiy,

Mehmonga borganda — nafsingni. (O‘zbek xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

Марк Уильямс, Денни Пенман. Осознанность. Как обрести гармонию в нашем безумном мире. 2014. https://www.litres.ru/book/mark-uilyams/osoznannost-kak-obresti-garmoniu-v-nashem-bezumnom-mire-7265037/

Badiiy kitoblar:

Muxtasarul viqoya (Kifoya) (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf). https://hilolnashr.uz/kifoya-uz

Iqrornoma. (Lev Tolstoy). https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/lev-tolstoy-iqrornomadan.html

Maqolalar:

Проблема предосторожности: нормативный контекст, истоки актуальности, альтернативные решения. Прокофьев А.В. https://cyberleninka.ru/article/n/problema-predostorozhnosti-normativnyy-kontekst-istoki-aktualnosti-alternativnye-resheniya

Videolar:

Direktor : Guy Maddin. Film nomi: Careful (1992) https://www.imdb.com/title/tt0103926/

Direktor:Doug Campbell Film nomi: Be Careful What You Say (2024)  https://youtu.be/FL5Yu5CHvJk?si=JSJbft9W0PEhXyM7