Doʻstlik – ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha. Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi. Kishilarning muloqot shakli sifatidagi do‘stlik qon-qardoshlik, oʻrtoqlik, birodarlik tushunchalariga yaqin.

Jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, bunda ta’lim-tarbiya tizimida barcha qismlarning alohida o‘rni va roli bor. Do‘st qalbini munavvar etish, uni buyuk maqsadlarga yo‘llash uchun ichki raqobat bo‘luvchi g‘oya bo‘lishi, u odamlarda komil insonlik sifatlarini tarbiyalash vositasiga aylanmog‘i lozim. Ertangi jamiyat va kelajak avlod ijtimoiy hamda manaviy qiyofasi bugungi tuzgan rejalarimiz, amalga oshiradigan ishlarimizga monand tarzda namoyon bo‘ladi.
Oilada kuchli doʻstlik oʻrnatish uchun har birimiz masʼuliyatga tayyor boʻlishingiz, doʻstingizga gʻamxoʻrlik qilish orzu qilingan burchga aylanishi kerak. Bu og‘irlik ham, bezovta ham qilmaydi. Doʻst topish uchun avvalo o‘zimiz chin doʻst boʻlishimiz lozimligini tushunishimiz muhimdir. Hatto sevgi ham bir tomonlama va javobsiz bo‘lishi mumkin. Do‘stlik, albatta, o‘zaro munosabatni nazarda tutadi.
Do‘stlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida
Qirg‘izistonda do‘stlik bu iymon alomati deb bilishadi. U vijdonni maskan tutadi, hech qanday mezonda o‘lchanmaydi. Uni moddiy qiymat bilan baholash mumkin emas deb hisoblanadi.
Qozoq xalqi do‘stni hayotingiz to‘kin-sochinligida ham, mashaqqatli paytida ham, shodlikda ham, qayg‘uda ham, kengchiligu torchilikda ham yoningizda turadigan, haqiqiy do‘st aybingni ko‘rsa, tanholikda nasihat qiladigan inson deb biladi.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:
Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir.
Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir.
Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir.
Do‘stlik ikki shaxsning go‘yoki bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir.
Do‘stlik – u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynuk.
Do‘stlik – o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lish.
Arpa-bug’doy bir kuningga yaraydi, sodiq do‘sting o‘lguningcha yaraydi.
Ash dushman do‘st bo‘lmas, qaynab qoni qo‘shilmas.
Ablah do‘st dushmandan yomon, ne hiyla bilsa, ishlatar oson. (O‘zbek xalq maqollari)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Deyl Karnegi. Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida. (Мuvaffaqiyat kaliti). https://kitobxon.com/oz/kitob/dostlar-orttirish-va-odamlarga-tasir-otkazish-hususida
Maqolalar:
Do‘stlik va o‘rtoqlik insonparvarlikning yuksak axloqiy mezoni sifatida // cyberleninka.ru/article/n/do-stlik-va-o-rtoqlik-insonparvarlikning-yuksak-axloqiy-me-zoni-sifatida
Videolar: