Burch – kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burchlar bor. 

     Burchning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yanada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.

Burch muhim ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir. Burch ado etilishi majburiy bo‘lgan vazifalar va insoniylik   yuzasidan bajarilishi mumkin bo‘lgan axloqiy qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand va jamiyat, farzandning ota-ona, insoniyatning o‘tmish merosni asrash, kelgusi nasllarga yetkazishda millat va kelajak avlod, shuningdek, tabiat va Vatan oldidagi burchlari  majburiydir.

Oiladagi burch masalasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida quyidagi tarzda belgilab qo‘yilgan:

“Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.”

Burch maslasi boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida

Yaponiyada “Ie” deb nomlanuvchi an’anaviy yapon oilasi patriarxal bo’lib, eng katta erkak boshliq hisoblanadi. U asosiy qarorlarni qabul qiladi va butun oilaning, jumladan, ota-onalar, bolalar va bobo-buvilarning farovonligi uchun javobgardir. Bu oila tuzilishining katta qismini “vatandoshlik burchi” tashkil etadi, ya’ni ota-onaga va keksa avlodlarga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

Janubiy Koreada oila a’zolari qiyin paytlarda bir-birlariga ruhiy yordam ko’rsatishlari va yordam berishlari kutiladi. “Jeong” (chuqur mehr yoki yaqinlik) burchi Koreya madaniyatida ham yuqori baholanadi va oilaviy munosabatlarning muhim qismi sifatida ko’riladi.

Malayziyada qadriyatlarni boyitish burch sifatidagi xususiyatlariga ko‘ra, oilada to‘g‘rilik madaniyatini singdirish, ishonch madaniyatini oila madaniyatiga aylantirish, adolat tamoyilini oilani mustahkamlashning o‘zagiga aylantirish va oilaviy amaliyot sifatida maslahatlashuvlar orqali hamjihatlikka erishish kiradi.

Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:

Oilada yoshlarga tarbiyasida burch tushunchasini shakllantirishda har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik fazilatlarini o‘rgatish lozim;

Ta’lim muassasalarida ota-onaning farzand va jamiyat, farzandning ota-ona, insoniyatning o‘tmish merosni asrash, kelgusi nasllarga yetkazishda millat va kelajak avlod, shuningdek, tabiat va  Vatan oldidagi burchlari  majburiy ahamiyati haqida tushuntirish;

Oilada burch masalalari va qadriyatlarini mustahkamlash uchun jamoatchilik tashkilotlari va ijtimoiy loyihalar orqali ijtimoiy yordam dasturlarini rivojlantirish.

Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar, aforizmlar:

“…Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo’shnilarga, yon qo’shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko’chada qolganlarga va qo’lingizda mulk bo’lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o’zini yuqori tutuvchi va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko’rmas.” (Qur’oni Karim, Niso surasi, 36-oyati)

“Farzandga  yaxshi  ot  qo‘yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish,  to‘y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir” (“Qobusnoma”dan)

Odam bo‘lish oson,

Odamiy bo‘lish qiyin. (O‘zbek xalq maqoli)

O‘zinga ravo ko‘rmaganni,

O‘zgaga ham ravo ko‘rma. (O‘zbek xalq maqoli)

Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib olasan. (L. N. Tolstoy)

Odamlar burchlarini unutishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar. (Indira Gandi).

O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi. (Sitseron)

Tavsiya etilgan manbalar

Kitoblar:

“Family Matters in India: A Sociological Understanding” by Ramkrishna Mukherjee (Meksikadagi oilaviy madaniyat haqida).

Badiiy kitoblar:

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” (Oilaviy qadriyatlar va burch haqida).

Maqolalar:

Yapon urf-odatlari. https://www.advantour.com/japan/traditions/family-traditions.htm

Sharq qadriyatlari. https://www.namhansouthkorea.com/what-are-the-family-roles-in-south-korea