Birdamlik (birlik, yakdillik, umumiylik) – fikr birligi, bir ovozdan qabul qilingan harakat yoki qaror uchun oʻzaro javobgarlikka tayyorlikni ifodalovchi tushuncha. Birdamlik asosiy darajada, ya’ni shaxsiy xulosalar asosida mavjud bo‘lishi mumkin. Birdamlik bir ovozdan, kimningdir fikri yoki harakatini qabul qilish va ularga xayrixohlik bildirish.

Birdamlik tuyg‘u yoki majburiyat emas, bu nimanidir tushuntirish, o‘lchash yoki kuzatish. Birdamlik ba’zan eng kutilmagan vaziyatlarda odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladi. U hayotning deyarli barcha sohalarida o‘zini namoyon qilishi mumkin. Ko‘pincha u yaxshilikka qaratilgan va juda kamdan-kam hollarda boshqalarga zarar yetkazishi mumkin. Oilaning birdamligini mustahkamlashga, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy an’analarni rivojlantirish lozim. Oilada birdamlik oila a’zolarining o‘zaro tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi, sadoqat va shaxsiy munosabatlariga bog‘liqdir.
Birdamlik boshqa millat oilalarida qadriyat sifatida
Rossiyada xalq birdamligiga xalqni bog‘laydigan, millatning birligini, uning yaxlitligi va hayotiyligini ta’minlovchi kuch sifatida qaraladi. Oila a’zolarining birdamligi bu o‘zaro hurmat, hamjihatlik va mehr manbayi bo‘lib, har qanday rivojlangan jamiyat taraqqiyotining mezoni hisoblanhadi.
Yaponiyada hamma joyda mavjud bo‘lgan kabi kuchli oilaviy birdamlik hissi oila tizimining yana bir muhim qadriyati sanaladi. Bu qadriyat yapon xalqining urf-odatlari va oilaviy qadriyatlari tizimida muhim o‘rin tutadi.
Turkiyada sevgi gullab-yashnagan joyda, jamiyatda va uning eng muhim bo‘g‘ini – oilada yana birdamlik kuchayadi deb hisoblashadi.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:
Kuch – birlikda, agar birlik hisob bilan o‘lchansa, ya’ni molga sotib olinsa, bu birlik – birlik emas, ablahlikdir.
Birlashgan yovni qaytarar. (O‘zbek xalq maqoli)
Birlikli uy—barakatli, g‘avg‘oli uy — halokatli. (O‘zbek xalq maqoli)
Milliy birdamlik – millat uchun bir tan, bir jon demak.
Birdamlik – yuzaki tuyg‘u emas, bu hammamiz uchun chinakam mas’ul bo‘lishimiz uchun umumiy manfaat, ya’ni har birimizning foydamiz uchun intilishning qat’iyatli qat’iyatidir. (Ioann Pavel II)

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Исаева И.А. “Солидарность как воображаемое политико-правовое состояние”. https://www.litres.ru/book/igor-isaev-10107612/solidarnost-kak-voobrazhaemoe-politiko-pravovoe-sostoy-21553500/chitat-onlayn/
Гофман А.Б. “Традиция, солидарность и социологическая теория” . https://publications.hse.ru/books/156945607
Badiiy kitoblar:
Марта Шарлай. “Поэма о солидарности”. https://lit-web.net/marta-sharlaj-poema-o-solidarnosti/
Maqola:
Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati // https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/6233
Videolar:
https://rutube.ru/video/4be7be76759b532d9fc8bf70032f959b/
https://www.youtube.com/watch?v=i7U1fwj_Sxw/