Altruizm (fidokorlik, rahmdillik, saxiylik va boshqalar) – boshqalarning manfaati uchun harakat qilish, hatto o‘zini xavf ostiga qo‘yib ham. Bu boshqalarning manfaati uchun fidokorlikni anglatadi.

Altruistlar o‘z farovonligini boshqalar bilan baham ko‘rishni afzal ko‘radilar, shuning uchun boshqalar gullab-yashnaganida ular xursand bo‘lishadi. Haqiqiy altruistik xatti-harakat, qisqa yoki uzoq muddatda shaxsiy manfaatlarga intilish bilan turtki bo‘lmasligi kerak. Bu maqtanish yoki minnatdorchilik belgisini olish istagi bo‘lishi mumkin emas. Boshqalarga yordam bermaslik uchun tanqid qilishdan qo‘rqish ham altruizmga turtki bo‘lmasligi kerak.
Altruizm boshqa millat oilalarining qadriyati sifatida
Ukrainada oilada bir-biriga altruistik muhit yaratish oila ichida baxtni oshiradi, oila a’zolarining bir-biriga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular shakllanishiga sabab bo‘ladi deb hisoblashadi.
Turkiyada avlodlararo munosabatlarda altruizm darajasidagi o‘zgarishlar boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy jarayonlarning evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Shuning uchun altruizmga jamiyatni modernizatsiya qilishning yanada global jarayonining bir qismi sifatida qaraladi.
Ispaniyada altruizm haqida quyidagicha ta’rif berishadi: boshqalarga erkin yordam berishga qaratilgan xatti-harakatlarning xarakteristikasi sifatida miqdoriy va o‘lchovga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan o‘xshash mazmundagi kognitiv-motivatsion dispozitsiyadir.
Qadriyatga taalluqli maqollar, hikmatli so‘zlar va aforizmlar:
Boshqalarga quvonch keltirish orqali o‘zingiz ko‘proq quvonchga ega bo‘lganingiz uchun, siz bera oladigan baxt haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishingiz kerak. (E.Ruzvelt)
Bu hayotdagi asosiy maqsadimiz boshqalarga yordam berishdir. (Dalay Lama)
Bir qilgan — madad, ikki qilgan — odat. (O‘zbek xalq maqoli)
Buzishga o‘rganma, tuzishga o‘rgan. (O‘zbek xalq maqoli)
Daraxtdan meva olaman desang, uni niholligidan parvarish qil. (O‘zbek xalq maqoli)
Birovlar uchun minnatdorchilikni kutmay, chin yurakdan nimadir qilsangiz, uni kimdir taqdir kitobiga yozib, siz orzu qilmagan baxtni yuboradi.

Tavsiya etilgan manbalar
Kitoblar:
Пилецкий С.Г. Истоки альтруизма. // http://vivovoco.astronet.ru/VV/PAPERS/MEN/ALTRU.HTM
Моисеева А.А. Теоретические аспекты определения моделей альтруистического поведения. //https://scienceforum.ru/2018/article/2018005571
Maqolalar:
Славская А.Н Соотношение эгоцентризма и альтруизма личности: интерпретации // cyberleninka.ru/article/n/duhovnaya-priroda-chelovekav-ekzistentsialnoy-filosofiiv-e-frankla
Altruism, happiness, and health: it’s good to be good https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/37425146/
Videolar: