
(surat https://cdn.britannica.com/47/195447-050-51296461/Masjed-e-Jomeh-Yazd-Iran.jpg sahifasidan olingan)
Eronda oila
Ushbu mamlakatda odamlar, odatda, o‘zlarining axloqiy qoidalarini erkinlashtirish va o‘zlarining yaqin atrofidagi insonlar qurshovida hayotlarining shaxsiy tomonlarini ochib berish imkoniyatini his qilishadi. Bular, birinchi navbatda, ularning oila a’zolari va yaqin do‘stlaridir. Odatda, kimdir yordamga muhtoj bo‘lsa, darhol oilasiga murojaat qiladi, zero o‘z muammolarini faqat oila a’zolariga aytishga botina oladi. Odamlar oilasiga taalluqli har qanday ma’lumotni omma e’tiboridan chetda saqlaydilar. Bu uydagi muammolarning tashqi muhitga chiqib ketmasligini hamda ularning sha’ni himoya qilinishni ta’minlaydi. Oilalar, odatda, odamlarning ijtimoiy va biznes tarmog‘i uchun asos hisoblanadi[1].
Jamoaviylikka alohida e’tibor beriluvchi Eronda odamlar o‘z oilasiga juda sadoqatli. Oila manfaatlari bir shaxsning ehtiyojlarini ortda qoldirishi mumkin. Bu sadoqat, shuningdek, oila sha’ni va sharmi barcha oila a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi. Hamma oilaning muvaffaqiyati va obro‘siga ega bo‘lish bilan birga, oilaning nomusi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga oladi. Aytishlaricha, aksariyat oilalar odamlarni mustaqil bo‘lishga undaydi. Bolalar ota-onalarining kasbini davom ettirishlari emas, balki o‘z ichki ovozlariga quloq tutishlari kerak.
Yosh oilalar
Eronda ham demografik holat yosh oilalar va ulardagi farzandlar soniga bog’liq. Er-xotinlar, odatda, bir yoki ikki farzand ko‘rishadi. Yadro oila mo‘jazgina bo‘lsa-da, katta oila bilan yaqin munosabatlar odamlarning oilaviy tarmoqlari ba’zan juda katta ekanligini anglatadi. Eron madaniyatida o‘g‘il bolalarga oila sha’nini himoya qilish ularga bog‘liqligini erta yoshdan o‘rgatadi. Aytish joizki, ko‘pgina oilalar qizlarining ta’lim olishi va rivojlanishini bir xil darajada muhim deb bilishadi.
Erondagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar yoshlarning turmushga intilishlari, xohish-istaklari, oilaning vazifasi va tuzilishiga ta’sir ko‘rsatdi, jumladan:
– bu o‘zgarishning ba’zi ko‘rsatkichlari birinchi nikoh yoshining sezilarli o‘sishidir;
– ko‘pchilikning moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lgunga qadar turmush qurmaganlik tendentsiyasi;
– kontratseptiv vositalarning keng qo‘llanilishi va buning natijasida tug‘ilish darajasi, oila a’zolari sonining keskin kamayishi;
– ajrashishlar sonining asta-sekin o‘sishi[2];
Shia ilohiyotshunoslarining ko‘pchiligiga ko‘ra, ayollar va erkaklar uchun nikoh uchun eng kam yosh mos ravishda yetti yoshdan to‘qqizgacha va o‘n ikki yoshdan o‘n besh yoshgacha. XX asrning oxirida Eronda ayollar uchun nikoh roziligi yoshi o‘n uch edi (Tohidi, 1994). Erta nikohga urg‘u qisman nikohdan oldin jinsiy aloqaga bo‘lgan o‘ta salbiy munosabat va erta balog‘atga etganidan keyin turmushga chiqmagan erkaklar va ayollar taqiqlangan jinsiy qoniqish bilan shug‘ullanishi mumkin degan ishonchga asoslanadi.
Ajablanarlisi shundaki, islom rejimi erta turmush qurishni rag‘batlantirgan bo‘lsa-da, 1976–1996-yillar oralig‘ida birinchi turmush qurishning o‘rtacha yoshi haqiqatda ayollar uchun 19,7 dan 22,4 ga, erkaklar uchun 24,1 dan 25,6 ga oshdi. Shuningdek, 19 yoshgacha turmushga chiqqan ayollar ulushi bu davrda keskin kamayib, 34 foizdan 18 foizgacha (tegishli nisbat erkaklarda 7 va 3 foizni tashkil etadi). Ushbu tendentsiyalarga qaramay, aholi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, eronlik erkaklar va ayollarning 90 foizdan ortig‘i 30 yoshga to‘lgan holda turmush qurgan[3].
Sevgi eronliklar uchun eng muhim shart bo‘lib, u umidsiz romantiklar “haqiqiy” va “sof” sevgini qidiradigan fors she’rlari va adabiyotining boy tilida aks etadi. Uyushtirilgan nikoh, odatda, madaniy amaliyot emas, lekin ba’zi izolyatsiya qilingan qishloq joylarida uchraydi. Shunga qaramay, ko‘plab ota-onalar o‘z farzandlariga juft taklif qilishadi, ular keyinchalik ularning tavsiyalariga rozi bo‘lishlari yoki rozi bo‘lmasligi mumkin.
Tanishuv amaliyotlari mintaqalar orasida sezilarli darajada farq qiladi va ularga munosabat va ta’lim ta’sir qiladi. Ilgari odamlar faqat o‘rta maktabdan keyin uchrashishardi, biroq hozir o‘smirlar uchun shunday qilish odatiy holga aylanib bormoqda. Odatda, yoshi kattalar qiz do‘sti yoki yigiti borligini ota-onasidan (ayniqsa otasidan) yashirib, ularning munosabatlari nikohga olib kelishiga ishonch hosil qiladi. Bunga konservativ ota-onalarni tashvishlanishdan himoya qilish maqsadida yo‘l qo‘yiladi. Darhaqiqat, keksa avlod vakillarining aksariyati zamonaviy tanishuv amaliyotini nomussizlik deb bilishadi va agar ular bu bilan shug‘ullansa, o‘g‘illari va ayniqsa qizlaridan uyalishlari mumkin. Bu borada qizlar atrofida katta himoya mavjud. Agar otasi yoki akasi qizning yigiti haqida bilsa, ular o‘zlarini bu haqda bexabardek tutishlari mumkin.

(surat https://www.dw.com/en/iranian-women-allowed-into-football-match-for-first-time-in-almost-40-years/a-50780049 sahifasidan olingan)
Ayollarga e’tibor
Oila rollari va dinamikasi ayollar huquqlari, hokimiyati va shaxsiy daxlsizligi haqida progressiv tushunchaga ega bo‘lgan va an’anaviy qadriyatlarni saqlaydigan uy xo‘jaliklari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Umuman olganda, oliy ma’lumotli oilalar ona va otaning uy xo‘jaligi dinamikasiga qo‘shgan hissasi haqida ko‘proq ochiq fikrda bo‘lishadi. Aksariyat xonadonlarda oqsoqollar chuqur hurmat va g‘amxo‘rlikda. Oilaning yoshi katta a‘zosining eri yoki xotini vafot etganida, ular farzandlaridan birining uyiga ko‘chib o‘tadilar.
Eronda ayollarning jamiyat hayotidagi cheklovlariga qaramay, ko‘plab xotin-qizlar oliy ma’lumotga ega. Ular, odatda, universitet diplomiga ega bo‘lib, ko‘proq huquq, muhandislik, siyosat, tibbiyot va biznes kabi kasblar bilan shug‘ullanishadi. Nation Master taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2012-yilda Eron talabalari umumiy tarkibining 60% dan ortig‘ini ayollar tashkil qilgan. Biroq erkaklar jamoat sohasida hukmronlik qilgani va qaror qabul qilishda ko‘proq kuchga ega bo‘lgani sababli, ayollarning hokimiyati, asosan, ichki makon bilan cheklangan. Bundan tashqari, erkaklar o‘z oilasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qonuniy va moliyaviy javobgardirlar. Bu shuni anglatadiki, ayollar, odatda, ish uchun kamroq maosh va kamroq nafaqa oladilar, chunki ularning oila a’zolari ularni qo‘llab-quvvatlashi kutiladi. Ish bilan ta’minlanganlar, asosan, ofis ishlarini bajaradilar va kamdan-kam hollarda bir xil boshqaruv imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti v.b.,
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
[1] Nina Evason. Oila, 2016. // https://culturalatlas.sbs.com.au/iranian-culture/iranian-culture-family