Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash
Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa – vatan tinch bo‘ladi
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
-
Biz kimmiz?
“Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” veb-portali – oilaviy qadriyatlarni tizimlashtirish hamda oilalarda mavjud muammoli vaziyatlar (ziddiyatlar, nizolar va boshqalar) ning oldini olishda mavjud ma’naviy-informatsion ehtiyojga mos bo‘lgan elektron resurslarni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan elektron platforma, veb-sayt.
-
Oilaviy qadriyatlar nima?
Oilaviy qadriyatlar – bu jamiyatning ma’naviy va axloqiy asoslarini shakllantiruvchi, oila institutining barqarorligini ta’minlovchi ijtimoiy qadriyatlarning bir ko‘rinishi, normativ tamoyillar va me’yorlar majmui hisoblanadi.
-
Dunyo davlatlarida oilaviy qadriyatlar
Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar har bir millatning madaniyati, urf-odatlari va ijtimoiy hayoti, e’tiqodlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular jamiyatni barqaror holatda saqlab turishga katta hissa qo‘shadi.